So’nggi yangiliklar

09:05«Бухоро» «Андижон» футболчиси билан шартнома тузди  1 08:32Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Япония билан жанговар дуранг ўйнади  4 07:58Испанлар Европани «забт этишди». «Қизил фурия» икки кун ичида иккита «Евро»да ғалаба қозонишди  6 07:26Ўртоқлик учрашуви. «Қўқон-1912» «Сўғдиёна»ни мағлуб этди   1 01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  3 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  1 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  3 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  1 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  1 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  1 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  4 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  5 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  1 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  7 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  1

"Balotellining tilini kesib tashlamoqchiman". Mino Rayolaning eng sara fikrlari Yangiliklar

"Balotellining tilini kesib tashlamoqchiman". Mino Rayolaning eng sara fikrlari

Mashhur futbol agenti faoliyatiga nazar tashlaymiz va Rayola aytgan mashhur fiklarni yodga olamiz.

Bu haqda qaxramonimiz shunday deydi: “Men Xarlemdagi ota-onamning shaxsiy restoranida ishlagan paytim, mahalliy klub prezidenti har kuni o'sha erda tushlik qilardi. Har safar suhbatlashganimizda “Siz futbolni umuman tushunmaysiz!” deb ko'p takrorlar edim. Bir kuni jaxl ustida “Agar shunchalik aqlli bo'lsang, o'zing harakat qilib ko'r”, - dedi. SHundan so'ng men “Xerlem”ning sport rahbari bo'ldim”.

Minoning familiyasini qanday to'g'ri talaffuz qilish kerak: “To'g'risini aytsam, menga umuman farqi yo'q. Bu uchun menga pul to'lashar ekan, demak qanday xohlashsa shunday chaqirishligi mumkin”.


Ibragimovich ishi
Kroyf va Gvardiola haqida:
“(Zlatan Ibragimovich shartnoma tuzganidan bir yil o'tgach “Barca”dan ketdi. SHunda Yoxan va Xosep shvedga uslub bo'yicha Italiya futboli ko'proq mos kelishi haqida aytib o'tishgan edi): “Nima uchun ular Zlatan “Barcelona”ga kelguniga qadar, u bu klubga mos emasligi haqida aytmagan?” O'ylashimcha, Gvardiola va Kroyfni o'zlarini axmoqlar uyiga jo'natib yuborish kerak. Ular u erda tinchgina o'ynashar va “Barca”ga ko'proq foyda olib kelishardi”.

Zlatanning faoliyati haqida (2011 yil): “Ibragimovich juda haqqoniy inson. “Milan”da yana qancha o'ynaydi bunisi menga qorong'u. Lekin bir narsani aniq ayta olamanki, Ibra 35 yoshigacha faoliyati eng yuqori cho'qqida davom etadi”.

Gvardiola haqida alohida: “Gvardiola - buyuk murabbiy, lekin inson sifatida uni hurmat qilmayman. U o'zi Zlatanni “Barcelona”ga taklif qilishiga qaramay, u bilan yaxshi muomalada bo'lmadi”.

A Seriya “yulduz”lari haqida: “Zlatanning niyati faqat g'olib bo'lish. Agar u PSJga o'tib ketsa, A Seriyasi o'zining so'nggi “yulduz”idan ham ayrilib qoladi”.

“Oltin to'p” haqida (2012 yil): “Zlatan “Oltin to'p”ni albatta yutishi kerak. Agar u bunga erisha olsa, demak, tashkilotchilar mustaqil va adolatli qaror chiqargan bo'ladi. Aks holda, ular poraxo'rlik evaziga qaror chiqarganligi oshkor bo'lib qoladi”.

Uzoq yashashi haqida (2015 yil): “Zlatan o'zi uchun 15 yil ishladi, buyog'iga endi men uchun ishlaydi. U bemalol 42-43 yoshgacha futbol o'ynashi mumkin. Axir, Ibragimovich - xuddi Bendjamen Battondek, yildan yilga eng yaxshisi bo'lib boraveradi”.

Zlatanning o'ziga xos xususiyati: U noyob inson. Unda Messi texnikasi, Muhammad Ali xarakteri va Mayk Tayson kuchi bor.


Balotelli ishi
Mourino va Manchini haqida (2011 yil): “Balotelli - ajoyib futbolchi. Tez orada Mario dunyodagi eng yaxshi o'yinchi bo'lishi mumkin. Bunda Manchinining xizmati katta. Men Mourinodan farqli o'laroq, Roberto Marioga nisbatan bildirgan ishonchidan mamnunman”.

Xovard Uebb haqida: (Balotelli “Tottenxem” yarim himoyachisi Skott Parkerning boshini “bosib ketdi”. Natijada 4 o'yinlik diskvalifikaciyaga uchrashi mumkin edi): “Ha, Mario qoidani buzdi, "Balo" raqib boshini atayin bosmagandi, ammo hakam qo'rqoqlik qildi. U hammasini aniq ko'rgandi. APL qoidalarga ko'ra, FA Balotellini himoya qilishi kerak edi. Aks holda, u boshqa ligaga o'tish haqida o'ylab ko'rishiga to'g'ri keladi”.

Hujumchining narxi (2012 yil): “Balotelli “Siti”da o'ynaydi, demak, klub pulga muhtoj emas. Hozirgi vaqtda u bebaho. U dunyodagi eng yaxshi futbolchilardan biri. Agar menga baholash imkoniyati berilsa, uning narxi 250 million evro deb aytgan bo'lardim. Bu uchun meni “Manchester Siti” rahbarlari kabi aqldan ozgan deb o'ylayotgandirsiz-a?!”

Mona Liza haqida (2012): “Italiyada Balotellini sotib olishga jurati etadigan klublar yo'q. CHunki u “Mona Liza” kabi qimmat turadi”.

Olma va gilos haqida (2013 yil): “Silvio Berluskoni Balotellini chirigan olmaga o'xshatib katta xatoga yo'l qo'ydi. Mario hech qanaqa olma emas, u - gilos!”

“Liverpul” haqida (2015 yil): “Mario “Liverpul”da qiyin vaziyatga duch keldi. Ammo men buning uchun uni u erdan chiqarib tashlamoqchimasman. SHuning uchun unga shunday dedim: “Men sarflangan summani qoplab olishim uchun yo 60-70 million evro evaziga ketasan, yo umrbod “Enfild”da qolasan”.

Zlatan aqli borasida: “Agar Mario Balotellinining boshini Zlatanga qo'shish imkoni bo'lganida, u holda Messi “Oltin to'p”ni hech qachon to'plamlari ro'yxatiga kirita olmagan bo'lardi”.

Yurgen Klopp haqida: “Klopp Marioga juda adolatsizlik qildi”

Balotelli bilan bo'lgan barcha muammolar echimi haqida: “Men bir narsa haqida o'yladim: men uning tilini kesib tashlamoqchiman. Sababi, buyog'iga u ortiqcha gapirmasligi va o'zini oqlamasligi zarur”.


Pogba ishi
Pogba va Dali surati haqida (2013 yil): “Pogbaga narx belgilash mumkin emas. CHunki u sotuv uchun mo'ljallanmagan. Bazi futbolchilar ham sanat asarlari kabi juda qimmat turadi. Masalan, Pogba! U xuddi Dali surati kabi bebaho”.

Beyl va uning pullari haqida: “Agar Beyl “Real”ga 100 million evroga tushsa, unda Pogba eng kami undan ikki barobar qimmat turadi. Pogba ayni pallada o'z nuqtasida jahonning eng yaxshi futbolchisi. Ammo vaqti kelib u nafaqat yarim himoyachilar ichida, balki futbol olamida eng yaxshisi bo'lishi mumkin”.

Mourino haqida: Rekord transferni amalga oshirish uchun “oltin tuxum qo'yuvchi tovuq” kerak. Mourinoda bunday imkoniyat mavjud.

Ibragimovich bilan suhbat: Agar Pogba “Manchester Yunayted”dan boshqa biror klubga o'tib ketsa, Ibragimovich oyoqlarimni sindirishga vada bergandi.


Barchasi haqida qisqacha
FIFA va UEFA, Blatter va Platini haqida: “FIFA va UEFA josus tashkilotlar qoidasiga ko'ra yopiq holda ish yuritadi. Blatter - axmoq suhandon, Platini esa qonundagi o'g'ri”.

Italiyan futboli haqida (JCH-2014dan keyin): “Nahotki, kimdir Italiya Jahon CHemponatida g'olib chiqishiga ishonsa? Italiya futboli o'lganini hamma tushunishi kerak”.

“Real” haqida: “Biz bozordan sochiqni qanday xarid qilsak, “Real” ham futbolchilarni xuddi shunday sotib oladi. Sochiq yaroqsiz holatga kelganda tashlab yuborganingizdek, u ham ularni shunday uloqtiradi”.

“Napoli” haqida: “Neapolda faqat kino suratga olishni bilishadi!”

17 yoshli Donnarumma haqida (2015 yil): “Bu yigit - Modilyani. Uning narxi 170 million evro”.

Adriano Galliani haqida: Galliani har gal bahosining ko'tarilganida xijolat bo'ladi: “Ehh, bu arablar…” - lekin uning o'ziga ham 20 yildan beri arab bo'lish yoqadi”.

Mino Rayola haqida: “Men bazi sport rahbarlari professional emasligiga hayron qolaman. Ularga qo'ng'iroq qilganimda, g'alati savollar berishadi: Mino... Kim? Mino Rayolani bilmagan futbol klubi menedjeri boshqa ish qidirgani maqul”.

Mino kelajakni ko'ruvchi: (6 sentyabr 2016 yil): “3-4 yil ichida 200 millionta futbol transferi bo'ladi”.

Xorij saytlaridan Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика