Balotellining keyingi klubi qaysi bo'lishi deyarli aniq
22 sen 2020 21:25
Yangiliklar
Balotellining keyingi klubi qaysi bo'lishi deyarli aniq
“Breshiya” forvardi Mario Balotelli joriy transfer oynasida klubini o'zgartiradi.
La Gazzetta dello Sport manbasiga ko'ra, futbolchining agenti Mino Rayola mijozining xizmatlarini “Jenoa”ga taklif etgan. Hozirda muzokaralar boshlangani aytilmoqda.
30 yoshli Mario “Breshiya” rahbariyati bilan janjallashib qolgan. Avvalroq, OAV orqali tomonlar o'zaro kelishgan holda shartnomani bekor qilishi mumkinligi xabar qilingandi.
“Jenoa” italiyalik hujumchi bilan 1+1 ko'rinishida bitim tuzmoqchi. Balotelli “Breshiya” safida A Seriyada 19 o'yinda qatnashib, 5 ta gol urishga erishgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar