Balotelli: "Tabassumimni menga ishonganlarga bag'ishlayman"
11 fev 2015 14:18
Yangiliklar


Balotelli: "Tabassumimni menga ishonganlarga bag'ishlayman"
"Liverpul" hujumchisi Mario Balotelli "Tottenxem"ga qarshi uchrashuvda g'alaba golini urganidan so'ng (3:2) "Instagram"ga tabassumi muhrlangan surat joyladi.
Bu gol Balotellining "Premer-liga"dagi birinchi golidir.
"Ajoyib o'yin, yigitlar. Tabassumimni menga ishonganlarga va qo'llab-quvvatlaganlarga bag'ishlayman. Hammaga rahmat. Olg'a "Liverpul"! Kechagi kun ortda qoldi, mashg'ulotlarga qaytish kerak" - deb yozadi Balotelli.

Fikrlar