Balotelli: "Italiya mag'lub bo'lgandagina meni eslashadi"
30 mar 2022 21:50
Yangiliklar
Balotelli: "Italiya mag'lub bo'lgandagina meni eslashadi"
Turkiyaning "Adana Demirspor" klubi hujumchisi Mario Balotelli JCH-2022 saralashida Italiya termasining Qatardagi musobaqaga yo'llanmani qo'lga kirita olmaganiga munosabat bildirdi.
"Meni terma jamoaga chaqirishmagani juda achinarli. Men o'sha jamoaning bir bo'lagi bo'lishim mumkin edi. Italiya terma jamoasi jahon chempionatida ishtirok etmasligini his qilish juda yoqimsiz hol.
Italiya mag'lub bo'lgandagina meni eslashadi. SHundan keyingina odamlar, ehtimol, mening kerak bo'lganimni aytishni boshlaydilar. Hozir shunchaki gapirishayotgandir. Ammo o'yindan oldin hech kim men haqimda o'ylamagandi", - deydi Balotelli.
Eslatib o'tamiz, Italiya terma jamoasi JCH-2022 yarim finali pley-offida SHimoliy Makedoniyaga imkoniyatni boy berdi (0:1) hamda shu yil oxirida Qatarda bo'lib o'tadigan jahon chempionatining final bosqichida ishtirok etmaydigan bo'ldi.
Fikrlar