Balotelli irqchilik qilgani uchun 5ta o'yinga diskvalifikaciya qilinishi mumkin
02 dek 2014 16:46
Yangiliklar


Balotelli irqchilik qilgani uchun 5ta o'yinga diskvalifikaciya qilinishi mumkin
Angliya futbol associaciyasi "Liverpul" hujumchisi Mario Balotelli ishi borasida tekshiruvlarni boshladi.
Agar futbolchi "Instagramm"ga yuklagan suratida irqchilik ruhidagi joyi bo'lsa 5ta o'yinga diskvalifikaciya qilinishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Italiya terma jamoasi futbolchisi o'yin qaxramoni bo'lgan Supermarioning suratini yuklagan va bu rasmga quyidagi so'zlarni yozgan:
"Irqchi bo'lmang! Mariodek bo'ling! U - yaponlar tomonidan yaratilgan, inglizcha gapiradigan, meksikaliklarga o'xshaydigan, qoratanlidek sakraydigan va yaxudiy kabi tanga teradigan italiyalik suv quvuri ustasi" - deb yozadi Balotteli suratda.

Fikrlar