Balotelli Angliya klubiga o'tishdan bosh tortdi
18 noy 2020 11:58
Yangiliklar
Balotelli Angliya klubiga o'tishdan bosh tortdi
"Manchester Siti" va "Liverpul" sobiq forvardi Mario Balotelli "Barnsli" taklifini rad etdi.
Futbolchi chempionship klubi bilan muzokara olib bordi. Tomonlar bitimga qiziqish bildirishayotgan edi. Ammo italiyalik futbolchi Angliya klubiga yo'l olishni xohlamadi.
Hujumchi faoliyatini boshqa klubda davom ettirish haqida o'ylamoqda. Mario aniqrog'i "Vasko da Gama" bilan muzokara o'tkazmoqda.
Balotelli 6 oydan ko'p muddat davomida jamoasiz yuribdi. 30 yoshli forvard o'tgan mavsum "Breshia" tarkibida Italiya chempionati doirasida 19ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishdi.
Fikrlar