Ballardini: "Jenoa" hujumkor jamoa"
18 apr 2021 18:30
Yangiliklar
Ballardini: "Jenoa" hujumkor jamoa"
"Jenoa" doimo ochiq o'yin ko'rsatadi va 90 daqiqa ichida taslim bo'lmaydi. Ha, afsuslanarli tarzda mag'lub bo'ldik. Ammo maydonni boshimizni tik ko'targancha tark etdik. Yaxshi o'yin namoyish qildik. Agarda shunday o'yinlarda ochkolar qo'lga kiritilsa, doimo ishonch ortadi. Jamoam bunday o'yinlarda maydonga tushmaganiga ancha bo'lgandi. O'yinimiz yaxshilanib, uchrashuvlarga chanqoqlish oshmoqda.
Bizda sifat bor. Futbolchilar, tarkibdagi balans raqobatbardosh darajada. "Jenoa" 10 kishi bo'lib himoyada o'ynaydigan jamoa emas. Biz faqat hujum qilishni istaymiz.
Skamakkaning bugun omadi kelmadi. Bugungacha u faqat raqiblari darvozasiga gol urardi. Lekin uning ruxiy holati cho'kib qolmagan. "Jenoa" o'tkazib yuborilgan ikkinchi goldan keyin qanday jamoa ekanligini namoyish qila oldi. Ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik. Destro yaxshi o'yin namoyish qilmoqda. U orqali boshqa hujumchilarimiz ham o'ziga saboq olmoqda.
Yaxshi o'yin ko'rsatgani uchun futbolchilarimni tabriklayman. Ular bugun mag'lubiyatga loyiq emasdilar", - dedi Ballardini.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar