So’nggi yangiliklar

15:44"Барселона" Ямалга 10-рақамни беришга қарор қилди  0 15:18Расман: Қирғиз Республикаси бош мураббийи ишдан кетди  0 14:55Шаҳбоз Жўрабеков: "Иккинчи даврада "Бухоро"ни юқорида кўрасиз, Бекхэмнинг зарбаларини кўриб катта бўлганман"  2 14:34"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин  15 14:06МЮ Онанани сотиб, италиялик дарвозабонни биринчи рақамга айлантирмоқчи  1 13:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади  17 13:10"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин  3 12:18"Лас-Пальмас" футболчиси автоҳалокат оқибатида ҳаётдан кўз юмди  0 11:50Эдерсон миш-мишларга чек қўйди  0 11:23Челестини Файзуллаевнинг ЦСКАдаги тақдирини ҳал қилади  3 10:56“Ливерпуль“ Англия терма жамоаси ҳимоячиси борасида музокараларни бошлади  5 10:30Германия МТЖ ҳужумчиси фаолиятини “Бавария“да давом эттиришига яқин  0 10:06“Реал“ етакчиси операциядан сўнг қанча муддат футбол ўйнамаслиги маълум  25 09:40Тео Эрнандес “Ал Ҳилол“да қанча даромад қилиши маълум  3 09:18“Арсенал“ “Тоттенхэм“ қизиқаётган футболчини “илиб кетмоқчи“  0

"Balcom BMW Cup": O'zbekiston terma jamoasi azosi musobaqaning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi Yangiliklar

"Balcom BMW Cup": O'zbekiston terma jamoasi azosi musobaqaning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi

Teglar :  O'zbekiston U-19
O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi Yaponiyaning Xirosima shahri mezbonlik qilgan "Balcom BMW" xalqaro turniri g'olibi bo'ldi.

Turnirning so'nggi uchrashuvida Xirosima shahri yoshlar terma jamoasini 3:1 hisobida mag'lub etgan Jasur Abduraimov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 8 ochko bilan turnir g'olibiga aylanishdi.

Xirosima yoshlar terma jamoasiga qarshi uchrashuvda SHarof Muxitdinov ikkita golga mualliflik qilgan bo'lsa, yana bir gol Husniddin G'ofurov tomonidan kiritildi.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi yarim himoyachisi Husniddin G'ofurov turnirning eng yaxshi o'yinchisi (MVP) nomini qo'lga kiritdi.

Eslatib o'tamiz, bungacha O'zbekiston yoshlari Polsha yoshlar terma jamoasini penaltilar seriyasda, Yaponiya yoshlar terma jamoasini 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edilar.

Takidlash joiz, Jasur Abduraimov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi 28 sentyabr – 6 oktyabr kunlari Bangladeshda bo'lib o'tadigan Osiyo CHempionati saralash bahslarida ishtirok etadilar.

"Balcom BMW Cup" xalqaro turniri.
12 avgust. Xirosima, Yaponiya.
O'zbekiston U-19 – Xirosima yoshlar terma jamoasi 3:1.
Gollar
: SHarof Muxitdinov (4,10), Husniddin G'ofurov (35).
O'zbekiston U-19: Umid Hamroev, Nurillo To'xtasinov, SHarof Muhitdinov, Saidjamol Davlatjonov, Xushnud Avilov, Husniddin G'ofurov, Aziz G'aniev, Tursunboy Rahimberdiev, Bobur Abduholiqov, Doston Ibragimov, Islom Qobilov.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика