Bakka: "Muvaffaqiyatlarim uchun yaratganga, oilamga va "Sevilya"ga minnatdorchilik bildiraman"
28 okt 2014 15:24
Yangiliklar


Bakka: "Muvaffaqiyatlarim uchun yaratganga, oilamga va "Sevilya"ga minnatdorchilik bildiraman"
"Sevilya" hujumchisi Karlos Bakka Ispaniya chempionatining 2013/14 yilgi mavsumida eng yaxshi janubiyamerikalik hujumchi bo'lganidan xursand.
"Bu iqtidorni menga bergani uchun yaratgandan minnatdorman. SHu bilan birga o'z oilamga , jamoadoshlarimga va klubga rahmat aytaman. Ularsiz bu muvaffaqiyatga erisha olmasdim" - deydi Bakka.
Bu mavsumda Bakka Ispaniya chempionatida to'qqizta o'yinda ettita gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Fikrlar