So’nggi yangiliklar

01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  0 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  3 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  0 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  4 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  6 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  11 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  6 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  2 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0 21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  4 21:09Ўзбекистон МТЖ Эрон ва БАА қарши ўйинларга тайёргарликни бошлади  15

Bahs-munozara. CHempionatni qaysi jamoa yuqoriroq o'rinda tugatadi - "Paxtakor"mi yo "Bunyodkor"? Yangiliklar

Bahs-munozara. CHempionatni qaysi jamoa yuqoriroq o'rinda tugatadi - "Paxtakor"mi yo "Bunyodkor"?

O'zimizning futbol borasida gapdan gap chiqib mavzu oliy ligaga borib taqaldi.

Aniqrog'i, "Paxtakor" va "Bunyodkor" haqida gap ketib qaysi jamoa chempionatni yuqori o'rinda tugatishi bo'yicha bahs boshlandi. Bunda faqat shu ikki jamoaning o'zaro raqobati hisobga olindi. Saytimiz xodimi Xayrulla Xoliqov "Paxtakor" mavsumni "Bunyodkor"dan tepada tugatadi degan bo'lsa, SHahboz Beg'amov esa aksincha, "Bunyodkor" yuqoriroq o'rinda yakunlashini aytdi.

Yakunda oddiy boshlangan gap-so'z yaxshigina bahs-munozarani keltirib chiqardi. SHunda biz saytimizning har ikkala xodimiga yaxshisi o'z fikrlaringni yozma ravishda bayon qilinglar, saytga qo'yaylik, o'quvchilar ham o'qib o'z fikrlarini aytishsin degan to'xtamga keldik.

Natijada ikkala muxbirimiz beshta punktga tayangan holda o'z fikrlarni yozib berishdi. Quyida bahs-munozaraning yozma qismidan bahramand bo'lishingiz mumkin.

X.Xoliqov taxmini - "Paxtakor"


Taxminimcha, oliy liga turnir jadvalining yakuniy qismi qanday bo'lishidan qatiy nazar, "Paxtakor" mavsumni "Bunyodkor"dan tepada tugatadi. Quyida bu fikrimni beshta punkt orqali izohlab berishga harakat qilaman.

Birinchidan, "Paxtakor"ning zaxirada bitta o'yini bor. Terma jamoa tufayli "Paxtakor" - "Mashal" bahsi nomalum muddatga qoldirilgan va bu o'yin qachon bo'lmasin, menimcha "Paxtakor" g'alaba qozonadi. To'g'ri, "Mashal" ikkinchi davrada yaxshi ketmoqda, jamoa hattoki "Lokomotiv" bilan durang o'ynadi, lekin shunga qaramay, "Paxtakor" bilan kechadigan bahsda shubhasiz toshkentliklar favorit. Hozir "Paxtakor" "Bunyodkor" bilan bir xil 38 ochko to'plagan holda turnir jadvalida 3-4 o'rinlarni bo'lishib turibdi. Va o'ylashimcha, chempionat oxirida ham "Paxtakor" "Buyonkor"dan yuqori o'rinda bo'ladi.



Ikkinchidan, "Paxtakor"ga SHota Arveladze kelgach jamoa o'yinida ko'proq ishtiyoq paydo bo'ldi. Jamoa o'yini kuchayib ketdi degan fikrdan yiroqman, bunga hali ancha bor, lekin g'alabaga bo'lgan ishtiyoq oshgani ko'rinib turibdi. Bu narsa "Lokomotiv"ga qarshi kechgan bahsda ham kuzatildi. Endilikda "Paxtakor"ni to'xtatib qolish juda qiyin bo'ladi. Jamoa SHota Arveladze boshchiligida hozircha oltita o'yindan to'rttasida g'alaba qozondi va ikki bor durang qayd etdi. Hali yutqazgani yo'q.

Uchinchidan, "Paxtakor"ning legionerlari kuchli ko'rinmoqda. Arveladze kelgach, Kanyuk, Simich, Bezerra kabi legionerlar bilan shartnoma tuzildi va bu o'yinchilarning malakasi birmuncha yuqori ekanligi ko'rinib turibdi. Agar "Paxtakor" legionerlari to'liq jamoa o'yiniga qo'shilib keta olsa (bu endi murabbiy mahoratiga bog'liq), oliy ligadagi istalgan klubdan kuchli legionerlar triosi yoki bo'lmasa kvartetiga guvoh bo'lamiz. Bu esa "Paxtakor" uchun yanada qulaylik olib keladi. 



To'rtinchidan, "Lokomotiv" bilan o'yin. Balki ko'pchilik "Lokomotiv" ustidan qozonilgan g'alabaga navbatdagi uch ochko sifatida qarar, ammo mening fikrimcha, bu g'alaba "Paxtakor" uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Jamoaning o'z kuchiga bo'lgan ishonchi yanada ortdi deya olaman. Futbolda ashaddiy raqib ustidan g'alaba katta o'rin tutadi. Bu bo'lajak o'yinlar oldidan yigitlarga qo'shimcha ruh yuklaydi. Futbolchilar g'alaba bejizga qo'lga kiritilmaganini isbotlash uchun ham keyingi uchrashuvlarda yanada jon koyitib harakat qilishadi.

Beshinchidan, "Paxtakor" "Bunyodkor" bilan o'z maydonida o'ynaydi. "Bunyodkor" stadionida kechgan birinchi davrada bahsida 1:1 hisobi qayd etilgandi. Endi bu jamoa bilan "Paxtakor" o'z uyida kurashadi va bu ham "sherlar"ga ustunlik beradi. Umuman olganda, "Paxtakor"ni hali oldinda to'qqizta uchrashuv kutib tribdi va jamoa shundan beshtasini o'z maydonida o'tkazadi. Katta ehtimol bilan "Paxtakor" uydagi hamma uchrashuvlarda g'alabaga erishadi. Safardagi bellashuvlarga kelsak, jamoani hali "Nasaf"ga qarshi jiddiy bahs kutib turibdi. Lekin "Loko"dan farqli o'laroq "Paxtakor" Qarshidan ijobiy natija bilan qaytsa kerak.

 

SH.Beg'amov taxmini - "Bunyodkor"


Birinchidan, xarakter
"Bunyodkor" joriy mavsumda o'z tarixidagi eng yomon startni amalga oshirdi. Lushan qo'l ostida jamoa o'zligini yo'qotayotgan bir paytda Qosimov qutqaruvchi rolida paydo bo'ldi. Mirjalol  Qosimov jamoani o'z boshqaruviga olganda, "qaldirg'ochlar" turnir jadvalida 13-o'rinda borishayotgandi. Oradan ko'p vaqt o'tmay "Bunyodkor" o'zligiga qaytdi. Bunda albatta Qosimovning xizmatlari beqiyos. "Qaldirg'ochlar"ning haloskori jamoaga kelishi bilan futbolchilar bilan alohida tartibda ishladi. Ularni ruhiyati qayta tikladi, g'oliblik ruhini singdirishga urindi. Bu esa o'yindan-o'yinga o'z samarasini berishni boshladi. Futbolchilar qaysi jamoa libosini egnilarida kiyib yurganliklarini his etishdi. "Bunyodkor"da xarakter paydo bo'ldi. Qosimov ishga individual yondoshuv bilan kirishdi. Mayda detallargacha etibor qaratgan murabbiy "qaldirg'cholar"ni avvalo ruhan tikladi. CHunki birinchi davra so'nggiga qadar juda oz fursat qolganligi tufayli, murabbiy jamoa o'yinini qisqa fursat ichida o'zgartirib qo'ya olmasdi. Qosimov "Bunyodkor"ga birinchi davra so'nggida avvalo xarakter va o'yindagi intizomni qaytardi.
Qisqa qilib aytganda, Qosimov yosh "qaldirg'ochlar"ni tezda ulg'aytira oldi.



Ikkinchidan, yo'qolgan raqobat tiklandi
Mavjud muammolarni bartaraf etishda Qosimovning zukkoligi "Bunyodkor"ga qo'l kelmoqda.

"Bunyodkor" Lushandan keyin bir qator muammolar girdobida qolgandi. Saviyasiz legionerlar, tarkibda raqobat yo'qolgani va o'yin butkul izdan chiqqani tufayli ham "qaldirg'ochlar"ning natijalari yomonlashib ketgandi.

Jamoa mag'lubiyatlarga, oliy ligada esa ochko yo'qotishga shunchaki ko'nikib qolgandi. Mirjalol Qosimov esa jamoa mentalitetini qaytardi, futbolchilarga g'oliblik mentalitetini o'rgatdi. CHunki "Bunyodkor"ning bu tarkibidagi futbolchilar hali g'alaba tami, chempionlik hissini tatib ko'rishmagan. Qosimov esa Oliy ligada ishlagan yillarida faqatgina bir marta ikkinchi o'rinni va qolgan mavsumlarda doim chempionlikni qo'lga kiritgan.
Ikkinchi davra oralig'ida "Bunyodkor"da "Paxtakor"nikindek transferlar uchun jaraq-jaraq pullar yo'q edi. Ular faqat oliy ligada boshqa jamoalarga kerak bo'lmay qolgan futbolchilarga ko'z tikishlari mumkin edi. Legionerlarni jalb etishda ham Qosimov Arveladzega nisbatan shoshma-shosharlikka yo'l qo'ymadi. CHunki qisqa vaqt ichida yaxshi, saviyali legionerni topishni imkoni yo'q edi. SHunchaki nomigagina legioner olib kelishni istamagan klub nihoyat aqlli transfer siyosatiga qaytganini yana bir bor isbotladi. Mahalliy futbolchilardan esa Qosimov o'zi istaganidek yaxshi darajadagi futbolchilarni tanaffusda jamoaga chaqira olmasdi. Orada esa "Bunyodkor"ning mavjud tarkibidagi eng asosiy "quroli" va etakchisi Eldor SHomurodov Rossiyaga ketdi. O'z vaqtida Lushanga kerak bo'lmay qolgan Gadoev, Sobirxo'jaev, G'ofurov, SHodiev kabi futbolchilarga murojaat qilindi. Islom Qobilov esa ijaradan ortga qaytarildi. Yangilardak faqatgina SHoxruz Norxonov va Zuhurovga raqobat tug'dirish maqsadida Suhrob Sultonov jalb qilindi. Bu transfer kompaniya aslida majburlikdan amalga oshirilgan bo'lsada, murabbiy bulardan ham maksimum jamoa foydasi uchun foydalana olishini ko'rsatdi. Muxlislar kutgan Gadoev yana katta maydonga qaytdi. Islom Qobilov himoya qurg'onidan joy oldi. Anvar G'ofurov va Vohid SHodievdan kerakli paytda foydalanish mumkinligini isbotlandi. Birinchi davrada umuman gol urmagan SHodiev Qosimov qo'l ostida asosiy tarkibda tushirilgan uchrashuvlarda gol urmoqda. Bu albatta murabbiyning undan qaysi payt va qanday foydalanish kerakligini bilishidan dalolat.
Qiyin pallada jamoani qabul qilib olgan Qosimov, qiyin sharoitda ham o'z ambiciyalaridan voz kechmasligini isbotlamoqda.

Uchinchidan, eyforiya
Nega ko'pchilik "Paxtakor"ni gapira boshladi. CHunki jamoada katta o'zgarishlar amalga oshirildi. Oliy ligada deyarli kuzatilmaydigan holat, yani mahalliy futbolchilarni sotib olish boshlandi. "Paxtakor"ning yozgi transfer bozorida xaridlari shov-shuvlarga sabab bo'ldi. SHunchaki transfer kompaniyasini oshkora amalga oshirgani ko'pchilik uchun kutilmagan holat va yangilik bo'ldi. SHu boisdan ham klub sotib olgan futbolchilarga etibor yuqori bo'ldi. SHota Arveladze legionerlar limitidan to'liq foydalandi. Murabbiy nafaqat kuchli jamoani, avvalo super klub tuzilishi haqida klub prezidentining vadasini aytgani "Paxtakor"ga bo'lgan etiborni yanada kuchaytirdi. Aynan mana shu o'zgarishlar fonida "Paxtakor" yana tezda grand jamoaga aylangandek tuyuldi. Yani o'zgarishlar fonida eyforiya kuzatildi. Aslida esa jamoa hali butkul o'zgargani yo'q. O'yin bobida ham katta yangiliklar kuzatilmadi. Tarkibdan legionerlarga joy bo'shatib berildi. Ularni ichida esa faqatgina Marko Simich ajralib turibdi. Nom jihatidan ham, o'yinining sifati borasida ham Simich legioner maqomiga ko'proq mos tushadi. Qolgan futbolchilar esa hozircha o'zimizning qora ko'zlardan bir bosh baland o'ynashyapti, desam, avvalo o'zimni-o'zim aldagan bo'laman.

"Paxtakor"ning o'yinidagi eng asosiy o'zgarish bu jamoa raqibni juda erta qarshi olishi, yani yuqori pressingni qo'llashini kuzatish mumkin. Hujumdagi "to'rtlik" hozircha qandaydir g'ayri-oddiy kombinacion o'yinlar orqali gollar urayotgani yo'q. O'yin uzagi butkul yangilanmagan.

"Bunyodkor"da esa aksincha, ulardagi o'zgarishlar avvaliga ko'pchilikda shubha uyg'otdi. Nahotki Qosimov SHodiev, G'ofurov va shunga o'xshash eski futbolchilari bilan jamoani qayta "uyg'otmoqchi" bo'lsa, degan savollar ko'paydi. Jamoa qayd etayotgan natijalari va turnir jadvalidagi hozirgi o'rni o'sha savollarga javob bo'lib turibdi. "Bunyodkor" pozicion o'yinda hozirgi kunda Oliy ligadagi eng kuchli jamoalardan biriga aylandi. Qosimov kelganidan keyin Hamdamov o'zining to'purarlik qobiliyatini ishga soldi, SHukurov jamoaning etakchisiga aylandi. Gadoev yana o'z formasiga kirib oldi. Hozirgi "Bunyodkor"ning hujumdagi o'yinini belgilab beruvchi mana ush futbolchining harakatlari evaziga jamoa muvaffaqiyat qozonmoqda. Qosimovning yana bir yutug'i, jamoa tarkibi o'zgarib turibdi. Yani murabbiy rotaciyaga qo'l urishga cho'chimayapti va buning natijasida barcha futbolchi o'yin "tonusi"ga ega. Tarkibda chinakamiga raqobat vujudga keldi.



To'rtinchidan, “Bunyodkor” – “Paxtakor”
"Bunyodkor" jamoasi Qosimov qo'l ostida shug'ullanganda faqatgina 2012 yilda mavsumni "Paxtakor"dan pastda tugatgan. Qolgan yillari Qosimov "Bunyodkor"ni "Paxtakor"dan tepada ushlab turgan. Katta ehtimol bilan bu yili ham "Bunyodkor" mavsumni "Paxtakor"dan tepada yakunlaydi.

Beshinchidan, murabbiy faktori
Qosimov murabbiy sifatida ko'plab yutuqlar, sovrinlarni qo'lga kiritishga ulgurgan. CHempionlik tamini ko'proq tatib ko'rgan Qosimov uchun bu yilgi mavsumda kumush medali ham oltinga teng bo'lishi aniq. CHunki jamoani qabul qilib olayotganda ko'pchilik "qaldirg'ochlar"ni kuchli-beshtalikka kirishlariga ham ko'p ham ishonmagandi. Hozirgi turnir jadvalidagi holatda ham hali buni amalga oshirish ancha mushkul bo'lishi tayin. Fakt shuki, Qosimov murabbiy sifatida hali mavsumni medalsiz yakunlamagan. SHota Arveladze esa murabbiy sifatida Qosimov fonida "lyubitel", havaskordek gavdalanadi. Arveladze hali murabbiy sifatida hech bir yutuqqa yoki sovringa erishmagan. Bu borada murabbiyga g'oliblik mentaliteti etishmasligi mumkin.

Ha, hozirgi sharoitda "Paxtakor"dagi futbolchilar "Bunyodkor"nikidan kuchliroq, tajribaliroq ko'rinadi. Masalan "sherlar" safida chempion bo'lgan, chempionlik xarakteri mavjud futbolchilar ko'plab topiladi. "Bunyodkor"da esa aksincha. Qosimov umuman boshqa avlodni qabul qilib oldi. Zuhurov, Ibrohimov va G'ofurovni inobatga olmasa, tarkibdagi qolgan futbolchilar hali chempionlikka erishmagan.

Lekin yakunda baribir murabbiy faktori o'z so'zini aytsa kerak, deb o'ylayman.

Har ikkala jamoaning taqvimi ancha zich va kuchli jamoalarga qarshi o'tadi. Qosimov kuchli jamoalarga qarshi qanday taktika qo'llashni biladi. "Bunyodkor" hozirgi kunda aynan kuchlilar bilan kuchliroq o'yin ko'rsatishini amalda isbotlamoqda. Yani, ularga yangi va jiddiy chorlovlar ko'proq maqul tushmoqda.

Kim mavsumni tepada tugatishini ko'p jihatdan o'zaro o'yin ham hal etishi mumkin. O'zbek futboli afsonasi va Gruziya futboli afsonasi qarama-qarshiligida Qosimovdan "o'zbekcha master-klass" ko'rsak ajab emas.

Tan olish kerak, hozirgi zamonaviy futbolda ko'p narsa murabbiyga bog'liq. "Bunyodkor"ning hozirgi natijalari bu fikrimni yana bir bor isbotlab turibdi. SHu boisdan ham "Bunyodkor" mavsumni "Paxtakor"dan yuqorida tugatishiga shubha qilmayapman.

Xo'sh, Sizningcha qaysi klub 2017 yilgi oliy ligani yuqoriroqda tugatadi?


Reyting: -52   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика