So’nggi yangiliklar

01:20АПЛ. "Бўрилар" "Қизил иблислар"ни ғажиб ташлади  28 00:57Энцо Мареска: "95-дақиқада гол ўтказиб юбориш ёқимсиз"  0 00:28АПЛ. Бруну қизил олган, Онана бурчакдан гол ўтказиб юборган учрашувда МЮ "бўрилар"га мағлуб бўлди  18 00:04АПЛ. "Ливерпуль" - "Лестер". Асосий таркиблар маълум!  5 23:52"Барселона"нинг ёздаги илк трансфери ким бўлади?  3 23:10"Фулхэм" сўнгги марта "Челси" майдонида қачон ғалабага эришганди?  3 22:49"Бухоро-W" қизлари Қозоғистон жамоасига қарши ўртоқлик ўйини ўтказди  4 22:12МТРК учун футбол мусобақаларини ёритишга мослашган КТС сотиб олинади  12 21:57ДАҲШАТ! "Фулхэм" дербида "Стэмфорд Бриж"да ғалабага эришди!  29 21:09"Манчестер Сити"да нохуш статистикалар  2 20:52Пеп Гвардиола: "Бизда ҳозир шундай даврки..."  9 20:19Аканжи: "Адолатсиз натижа"  6 19:56Моуриньюнинг "Фенербахче"си Абдуқодир Ҳусанов бўйича таклиф билан чиқмоқчи  32 19:32"ФарДУ" клубида мавсум якунларига бағишланган тақдирлаш маросими ўтказилди  2 19:24Муваффақиятсизлик давом этади: "Манчестер Сити" бу сафар ўз уйида "Эвертон" билан дуранг ўйнади, Холанд пенальтидан гол ура олмади  33

Bahrom Norsafarov: Eng katta muammo bizda tanlov imkoniyati kam Yangiliklar

Bahrom Norsafarov: Eng katta muammo bizda tanlov imkoniyati kam

Kelasi yili Xitoyda 19 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Quvonarlisi, qita chempionatida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Bahrom Norsafarov boshchiligidagi qizlarimiz dushanba kuni yakuniga etgan saralash bosqichini ko'tarinki kayfiyatda o'tkazishdi. Biz musobaqa yakunlari va yangi rejalar yuzasidan terma jamoa bosh murabbiyi Bahrom Norsafarovdan intervyu oldik.

- Bahrom aka, avvalo, qita chempionatining final bosqichi yo'llanmasi qo'lga kiritilgani bilan tabriklaymiz. Taassurotlar alo ekanligi aniq. Keling, suhbatimiz boshida saralash turniri tafsilotlari bilan o'rtoqlashsangiz.

- Agar dastlabki ikki tur natijalariga etibor qaratsak, so'nggi uchinchi o'yin final maqomida bo'lgani oydinlashadi. Xitoy Taypeyi terma jamoasini faqat mag'lubiyatga uchratishimiz shart edi. G'alaba qozonish uchun esa gol urish talab etiladi. SHuni inbatga olgan holda maydonga aniq gol ura oladigan hujumchini asosiy tarkibda tushirdik. Bu borada Maftuna Panjieva va SHahnoza Qurbonovaga ishonch bildirdik. Ular zimmalariga yuklatilgan vazifani sharaf bilan uddalashdi. Raqib darvozasini ishg'ol qilganimizdan so'ng himoyani mustahkamlashga etibor qaratdik. Bu vazifani ham himoyachilarimiz to'liq bajarishdi.  SHu o'rinda bir narsani aytishim kerak, Xitoy Taypeyi terma jamoasi o'z tarkibini Xitoydan taklif etilgan yangi futbolchilar evaziga ancha kuchaytirib olibdi. Qolaversa, murabbiy ham yangi ekan.

- Saralash musobaqasi oldidan Xitoy Taypeyi terma jamoasiga asosiy raqib sifatida qaralayotganmidi yoki Gonkonggami?


- Bundan uch yil avval biz 16 yoshgacha bo'lgan Xitoy Taypeyi terma jamoasini 3:0 hisobida mag'lub etgan edik. Gonkong bilan esa Rio Olimpiadasi saralash turnirida to'qnash kelib, kichik (1:0) hisobda ustun kelgan edik. O'shanda juda ham og'ir o'yin o'tkazgandik. Lekin o'tgan vaqt mobaynida terma jamoalarda sezilarli darajada o'zgarishlar ro'y bergani ko'zga tashlanib qoldi.

- Raqib jamoalar, xususan, Xitoy Taypeyi siz kutgan o'yinni namoyish etdimi?


- Ha. Ayniqsa, Xitoy Taypeyi terma jamoasi men kutganimdan ham kuchli o'yin namoyish etdi.

- Futbolchilarimiz o'z imkoniyatlari darajasida to'p surishdimi yoki bundan ham yaxshi o'ynashlari mumkinmidi?


- Mumkin edi. Ishonchim komil, hali futbolchilarimiz o'z o'yinlarini kuchaytira oladilar.

- Darvozamiz daxlsizligi saqlab qolindi. Bu himoya chizig'i va darvozabonning mahorati tufaylimi?


- SHunday desa ham bo'ladi. Uchta o'yinda 7ta to'p kiritdik. Buning barobarida o'z darvozamiz daxlsizligini ham saqlay oldik. Toshkentda o'tgan Markaziy Osiyo kubogida ham himoyachilarimiz va darvozabon ishonchli tarzda o'ynashgan edi.

- Bu yoshlarimiz orasida milliy terma jamoada bemalol o'ynay oladigan futbolchilar bormi?

- Albatta, bor. Maftuna SHoimova, Umida Zoirova, Nozima Kamoltoeva, Malika Burxonova, darvozabonimiz Maftuna Jonimqulova bemalol milliy jamoamizga yordam bera oladilar.

- Saralash bahslari tashkilotchiligi sizga maqul keldimi?


- Ayrim mayda kamchiliklarni inobatga olmasa yaxshi o'tdi. Boshida yuzaga kelgan bazi xatolarni keyin tuzatishdi.

- Endigi rejalar qanday? Jamoa qachon yig'iladi?


- O'FF Terma jamoalar markazi rahbari Asqar Tolibjonov bilan uchrashishim kerak. SHundan so'ng terma jamoaning rejalarini tuzib chiqamiz. Biz o'z takliflarimizni taqdim etamiz. Osiyo chempionatining final bosqichi kelasi yil avgust oyida bo'lib o'tadi. Ungacha har oyda kamida bitta yig'in va uning doirasida o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishimiz kerak.

- Bu tarkibni yanada takomillashtirib borasizmi? Nomzod futbolchilar bormi?


- Ko'z ostimga olib qo'ygan futbolchilar bor. Ularning o'yinlarini kuzatib boraman. Saralash bahslarida to'p surganlarning final bosqichiga borishlariga kafolat yo'q. O'z ustida tinmay ishlaydigan futbolchilargagina ishonch bildiraman. Bo'ldi, Osiyo chempionatiga chiqib oldik, endi musobaqani kutish qoldi, deydiganlar qattiq yanglishishadi. O'sha paytda kim eng kuchli tayyorgarlikka ega bo'lsa, o'sha o'yinchilarni Osiyo chempionatiga olib ketamiz.

- Terma jamoamizning saviyasi Yaponiya, Janubiy Koreya, KXDRga tenglashib boryaptimi?


- Hali Yaponiyaga etib olishimizga vaqt bor. Lekin taqqoslaganda terma jamoamizda, umuman, ayollar futbolida sezilarli o'sishga erishyapmiz.

- Taqqoslab ko'rganda, bu jamoalarga qaysi jihatlar bo'yicha yutqazyapmiz? Faqat tezlikdami?


- Eng katta muammo - bizda tanlov imkoniyati juda kam. Yani, chegaralangan. Ayollar futbolida shug'ullanayotgan qizlarimiz nisbatan olganda oz. Ayniqsa, yoshlarda. Siz sanab o'tgan davlatlarda har bir yosh terma jamoasi toifasida o'zining chempionatlari bor. Maktabda ayollar bo'yicha futbol darslari kiritilgan. Bizda ham yildan-yilga o'sish kuzatilyapti.

K.ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика