So’nggi yangiliklar

12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  1 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  6 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  12 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3

Bahrom Haydarov: "Surxon" mavsumni kamida 10-o'rinda yakunlashni maqsad qilgan" Yangiliklar

Bahrom Haydarov: "Surxon" mavsumni kamida 10-o'rinda yakunlashni maqsad qilgan"

Coca-Cola Superliganing 16-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Surxon" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.





- Birinchidan o'yinning 17:00 da boshlanishi futbol o'ynash uchun qulay bo'lmadi, hali bir oz issiq ekan. Birinchi bo'limda bu xolat har ikki jamoaga ham tasir ko'rsatdi, deb o'ylayman. Jamoamiz mezbonlarga nisbatan dastlabki bo'limda sustroq harakat qildi.

"Qo'qon-1912" bosh murabbiyi hujumga bo'ydor ikki nafar futbolchini tushirdi. Gollar standart xolatdan va futbolchini yaxshi qo'riqlay olmaganimiz, shuningdek, qarshi hujum oqibatida urildi. Ikkinchi bo'limda vaziyatlarimiz bo'ldi. Balki mezbonlar hisobdan kelib chiqib o'yinni pasaytirishgandir, lekin ikkinchi bo'limda jamoamiz ko'proq ustunlikka ham ega bo'ldi, deb o'ylayman. 

- Jamoa nomini chegara xududdan kelib chiqib o'zgartirish va shu orqali homiy jalb etish mumkinmi?

- Bu narsani men hal qilmayman. Hozirda jamoaning homiysi bor, moliyaviy jihatdan imkoniyati yuqori bo'lgan tashkilot. Bizda homiylik borasida muammo yo'q. Siz aytgan variant bo'yicha boshqa jamoa tuzish mumkindir, buni bilmadim. Aytib o'tganimdek, bu mening vakolatim doirasidagi vazifa emas.

- Jasur Xolto'raev va Nikita Pavlenkolarning o'yini chiqmaganiga nima sabab deb o'ylaysiz?

- Hozir bu vaziyat bo'yicha fikr bildirish qiyin. Ular bilan gaplashib olamiz. Balki biz ularni o'yinga noto'g'ri tayyorlagandirmiz. Tahlil qilamiz, bizda Bobojonovni asosiy tarkibda tushirish varianti ham bor edi. Aytib o'tganimdek, hozir biron fikr bildirish qiyin. Balki issiq ob-havo tasir ko'rsatgandir.

- Fikringizcha, qaysi jamoalar Superligadan tushib ketadi?

- Bu savolga javob berish qiyin. Oldinda 10 ta tur bor va vaziyat tubdan o'zgarib ketishi mumkin. Agar bugun yutganimizda, bilasizmi, 9-o'ringa chiqib olardik. Jadvalning quyi qismidan ancha uzoqlashib ketardik. 

Harakat qilamiz, vazifamiz mavsumni kamida 10-o'rinda yakunlash. Kim tushib ketadi, buni Xudo biladi. Futbolni oxirigacha o'ynash kerak.

- Tarkibga Surxondaryo viloyatidan yosh futbolchilar jalb etilayaptimi?

- Albatta, birinchi davra mobaynida ko'plab yoshlar biz bilan mashg'ulotlarni o'tashdi. Hozirda ularni yoshlar jamoalarimizga berganmiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика