So’nggi yangiliklar

21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  0 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  0 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  1 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  9 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  2 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  4 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  5 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  7 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  8 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  1

Bahrom Haydarov: "Superliga va Pro liga jamoalari o'rtasidagi farq sezilmadi" Yangiliklar

Bahrom Haydarov: "Superliga va Pro liga jamoalari o'rtasidagi farq sezilmadi"

Superliga uchun o'tish o'yinidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" – "Metallurg" (1:1, penaltilar bo'yicha – 3:2) uchrashuvidan keyin qo'qonliklar ustozi Bahrom Haydarov fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida

- Birinchi navbatda, hamma-hammani g'alaba bilan tabriklayman! Bu bir kishini mehnati emas, rahbariyatdan tortib oshpazlargacha, murabbiylardan tortib shifokorlargacha astoydil mehnat qilishdi. Bugun stadionga kelgan va bizni doim qo'llab-quvvatlagan muxlislarga minnatdorlik bildiraman. "Qo'qon-1912"ni Superligaga olib chiqish vazifasini birgalikda uddaladik, bundan xursandmiz. O'yinga kelsak, teng o'yin bo'ldi. Superliga va Pro liga jamoalari o'rtasidagi farq sezilmadi. Ikki jamoa ham jonini berib harakat qildi. Yutqazib turgan paytimizda ham yigitlar o'yinni tashlab qo'yishmadi. Boshlang'ich tarkibda o'ynagan futbolchilar ham, zaxiradan tushganlar ham borini berib o'ynadi. 

- Bugungi o'yinda ikki liga jamoalari o'rtasidagi farq sezilmadi deb aytdingiz. Bugungi pley-off uchrashuvlarining ikkisida ham Pro liga jamoalari zafar quchdi. Bu Pro liga darajasi ancha o'sganidanmi yoki Superliga darajasi tushib ketganidan dalolat beradimi?

- Pro liganing bu yilgi formati yaxshi edi deb o'ylayman, chunki o'tkinchi uchrashuvlar bo'lgani yo'q. Birinchi o'rindagi jamoa oxirgi o'rindagi jamoaga qarshi o'ynaganda ham ancha qiynaldi. O'ylaymanki, o'tkinchi uchrashuvlar yo'qligi har bir jamoani yaxshi holatda ushlab turdi. "SHo'rtan"ning bugungi o'yinini ko'rdik, farq bilinmadi. Ikkinchi taymda "Olimpik"ka qaraganda ancha yaxshi harakat qildi. 

- "Qo'qon-1912" 120 daqiqa o'ynasa-da, charchamadi. Bu nima bilan bog'liq?

- Bu futbolchilar o'z ustida astoydil ishlaganini anglatadi. Murabbiylar shtabi ham bu yo'lda mehnat qildi va futbolchilarning jismoniy holatini shunday saqlashga urindi. Bugungi o'yin ko'rsatdiki, buni uddaladik. Albatta, 120 daqiqaga doc. bera olamizmi yoki yo'q degan qo'rquv bor edi. Lekin futbolchilarga rahmat, ular chidadi. Demak, biz to'g'ri yo'lda ketyapmiz.

- Jamoa penaltilar seriyasida dastlab 2 ta gol urolmadi, o'sha paytda ichingizdan nimalar o'tdi? Azizxon Isaqov noreal seyvlar namoyish qildi...

- Endi har bir murabbiy o'z jamoasiga ishonishi kerak. Ortda borayotganimizda ham ular ham urolmasligi mumkin degan narsa xayolimdan o'tdi. Taslim bo'lishni xohlamadim va hammasi bo'lishi mumkin deb turdim. Darvozabonimizga rahmat, u bugun juda katta foyda keltirdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика