So’nggi yangiliklar

02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  1 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  0 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  8 22:14Дибала Рим дербисида Гендузи билан жанжал ҳақида: "Бу французнинг тили узун"  1 21:45Вирц жума куни янги клуби сафида тиббий кўрикдан ўтади  0 21:20Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Мухлисларга маслаҳат ва танқидлар ҳақида (3-қисм)  24 21:00Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан дуранг ўйнади, "Локомотив" сўнгги дақиқаларда ғалабага эришди  0 20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  11 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  6 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  3 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1 18:32Очилов, Баратов, Ўрмонжонов, Ресан, Муртозаев ва бошқалар... Суперлига 12-тур рамзий терма жамоаси  2

Bahrom Haydarov: "Bunday o'yinlarda bitta gol ko'p narsani hal qiladi" Yangiliklar

Bahrom Haydarov: "Bunday o'yinlarda bitta gol ko'p narsani hal qiladi"

Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Surxon" (0:1) uchrashuvidan so'ng termizliklar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov fikrlarni bildirib o'tdi.

"Uzoq kutilgan g'alabani qo'lga kiritdik. Bizga ishonch bildirib kelayotgan muxlislarga, klub rahbariyatiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. O'yinni hamma ko'rdi, tengkurashlar ostida kechdi. Bunday o'yinlarda kim gol ursa o'sha jamoa yutib ketardi. Bitta gol ko'p narsani hal qilishi mumkin edi. Ikkinchi bo'limdagi qizil kartochka rejalarimizni buzib qo'ydi. Lekin bu ham yaxshilikka ekan. Qarshi hujumda imkoniyatlarimizni kutdik. Qaysidir manoda durangni ushlab qolish uchun ham harakat qildik. Ortga yo'l yo'q edi. Oldinga o'tishimiz natijasida penalti ishladik. Jamoada futbolchilar orasida raqobatni yuzaga keltirishga qiynalayotgan edik. Bugungi bahsda yangi futbolchilar o'ynashi natijasida raqobat kuchaydi. Bu narsa darhol ko'zga tashlandi. Birinchi davrada futbolchilarning kamligi, tajribasizligi pand berib qo'ygandi",- deydi Bahrom Haydarov.

- Bugun o'yinni asosiy tarkibda boshlagan Javohir Sohibov, Nikita Pavlenko kabi futbolchilarning o'yinidan qoniqdingizmi?

- Javohir Sohibovni ilk daqiqalardan maydonga tushirish yoki tushirmaslikni o'ylab turgandik. Boisi yaxshi sport formasida emasdi. Biroq oxirida baribir asosiy tarkibga qo'yishga qaror qildik. Bu bolaga qoyil qolganim maksimal sport formasida bo'lmasada oxirigacha chidab berdi. Nikita Pavlenko ko'p jarohat olgani sabab birinchi davrada kam o'ynagandi. Biz bilan bir oydan oshiq vaqt davomida mashg'ulotlar o'tkazdi. O'yindan-o'yinga kuchayib borishiga ishonaman. 

- Qizil kartochkaga etirozingiz yo'qmi?

- O'sha vaziyatda fol bo'ldi. SHunday ekan etiroz qilishga hojat yo'q. 

- Jamoada bosh murabbiy masalasiga aniqlik kiritildimi?

- Birinchi davra tugashini kutayotgan edik. Mana kecha rasman bosh murabbiylikni menga ishonib topshirishdi. Har bir o'yin biz uchun final. Oldinga qarab harakat qilishda davom etamiz. O'z uyingda devorlar ham yordam beradi, deyilgani bejiz emas. O'z uyimizda o'ynashni istardik. Harakatlar ketyapti. "Andijon" bilan o'yindan so'ng buni hal qilishsa yaxshi bo'lardi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика