So’nggi yangiliklar

10:37Жаҳоннинг энг яхши ҳужумчилар рейтинги тузилди (топ-10)  0 10:10“Барселона“ йирик трансферни амалга оширишга яқин  3 09:43“Ювентус“ “Адидас“ билан янги шартнома имзолади. Келишув суммаси маълум  0 09:18Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита чорак финалчилар аниқланади  3 08:47Саудия Арабистоннинг бир йўлла учта жамоаси АПЛ юлдузига таклиф билан чиқишди  1 08:40КЖЧ. 39 ёшли Серхио Рамос "Интер" дарвозасига гол урди  0 08:20МЮ “Барселона“га супер таклиф билан чиқди  7 07:52Шомуродовга қизиққан МЛС жамоаси маълум  20 07:25Ҳусанов тарихга кириши мумкин! Бугун “Манчестер Сити“ клублар ўртасидаги юришини бошлайди  10 06:50КЖЧ. "Урава Ред" сардори "Ривер Плейт" футболчиларига нисбатан ҳурматсизлик қилди  0 02:39Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Боливияга ютқазди  18 00:34Месси Баджодан Италиянинг 1994-йилги ЖЧ либосини совға сифатида олди  7 23:59Мбаппе иситма туфайли "Реал" машғулотида қатнашмаяпти. Эртага "Ал-Ҳилол" билан ўйин  1 23:39Доннарумма FourFourTwo талқинига кўра дунёнинг энг яхши дарвозабони  3 23:04КЖЧ. Танташев бошқарган ўйинда "Боруссия Д" ва "Флуминенсе" дуранг қайд этишди  1

Bahrom Haydarov: "Birinchi bo'limdagi o'yinimizga 3, ikkinchi bo'limdagisiga 5 baho qo'yaman" Yangiliklar

Bahrom Haydarov: "Birinchi bo'limdagi o'yinimizga 3, ikkinchi bo'limdagisiga 5 baho qo'yaman"

Superliganing 21-turi doirasida "Lokomotiv"ga (1:1) qarshi uchrashuvdan keyin "Neftchi" bosh murabbiyi Bahrom Haydarov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Birinchi bo'limda "Lokomotiv" juda kuchli o'yin namoyish qildi. Tan olish kerak, ushbu raqib safida mahoratli futbolchilar yig'ilgan, ularga qarshi ikkinchi raqamli jamoa bo'lib, yopiqroq o'ynash kerak. Bahsgacha qarshi hujumda o'ynashni rejalashtirgandik, ammo buni eplay olmadik. Bunga sabab sifatida 4-5 nafar yoshlarimizda hayajon sezildi. SHu boisdan, to'p bilan nazorat eplay olmadik, ko'p bora oddiy paslarda to'pni yo'qotdik, to'pni ko'proq ushlab, "Lokomotiv"ning bosimini kamaytirishga intilgandik. O'yinning boshida konsetraciyani yo'qotib qo'ydik. Beetiborlik tufayli uchrashuv boshida o'yinga kirisha olmadik. Ammo yigitlarga rahmat aytaman. Ular qo'rquv hissini yo'qota olishdi. SHundan keyin to'pni nazorat qila boshladik. Ikkinchi bo'lim boshida yigitlar chiroyli o'yin ko'rsatishdi va ishonch ortib ketdi. Himoya yaxshi o'ynadi va bahs yakunlanib borayotgan vaqtda gol urdik.

Birinchi bo'limda ancha mehnat qildik. Gol o'tkazib yuborganimiz uchun jamoaning o'yiniga 3 baho qo'yaman. Ikkinchi bo'limda O'zbekistonning eng kuchli jamoalaridan biriga mag'lub bo'lmaganiimiz, kerakli natijani qayd etganimiz uchun jamoamning o'yinini 5 bahoga loyiq ko'raman.

Etakchilar bilan bahslarda ochkolar olishni uddaladik. Bu erga kelgunimcha ham bir jurnalist shu borada savol berdi. U ham jamoaning o'yinlarida o'zgarish borligini takidladi. Bu birgina uning emas, ko'p mutaxassislarning fikri. Haqiqatdan ham, "Neftchi"ning o'yin uslubi o'zgardi. Yigitlarga faqatgina ishonch etishmayapti. Hali ko'p ishlash kerak. Ammo raqobatbardosh jamoaga aylanmoqdamiz. Murabbiy sifatida jamoaga ishonchim ortib ketdi. Umid qilamanki, "Neftchi" Superligamizning barcha jamoalari bilan raqobat qila oldi.

Boburbek Yo'ldoshev: "Loko"ga qarshi o'yin qiyin bilardik. Erta gol qo'yib yubordik. Keyinchalik o'zimizni qo'lga oldik va sabr qildik. Barchasi yaxshi bo'ldi. Gol urdik, mag'lub bo'lmadik. "Loko" katta futbolga kirishimga katta hissa qo'shgan. Bu jamoadan hamisha minnatdorman"

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика