So’nggi yangiliklar

19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  2 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  0 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  2 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  4 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  4 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  2 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  9 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  15 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  1 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  6 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0

Bahrom Haydarov: "4 ta turdan buyon davom etayotgan g'alabasiz seriya bosimidan o'tib oldik" Yangiliklar

Bahrom Haydarov: "4 ta turdan buyon davom etayotgan g'alabasiz seriya bosimidan o'tib oldik"

Superliganing 5-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Buxoro" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Birinchi g'alaba bilan jamoamiz muxlislari va klubimiz rahbariyatini tabriklayman. Ancha yoqimli hissiyot, g'alabalarimiz bardavom bo'lsin. Birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik. Mashg'ulotlardagi tayyorgarlik ishlanmalarimiz ishladi. 4 ta turdan beri davom etayotgan g'alabasiz seriya bosimidan o'tib oldik. Ikkinchi bo'limda ozroq xotirjamlikka berildik. Jarohatlar rejalarga tasir ko'rsatdi. Xatolarni ko'rib chiqib, xulosa chiqaramiz.

- Keyingi o'yinlar haqida fikringiz? O'zbekiston kubogidagi maqsadlar qanday?

- Bizda chempionat yoki kubok uchrashuvi ajratilmaydi. Har ikki turnir biz uchun muhim. Raqibga qarab yoshlarga ham imkoniyat beramiz. Kubokdagi birinchi vazifamiz bu - guruhdan chiqish.



- Qizil kartochka olgan futbolchilar nechta turga chetlatilgani haqida oydinlik kiritildimi?

- Biz ham kutayapmiz. G'ofurov ham, Hasanov ham asosiy tarkibda raqobat yarata oladigan futbolchilar. Keyingi turdan ko'rib chiqilsa kerak. Rejalarni shunga qarab tuzamiz.

- O'rinbosarlar tarkibida Jasur Ahmadjonov 7 ta gol urdi. Uni asosiy tarkibga jalb etish rejasi bormi?

- Albatta, biz uni kuzatib borayapmiz. Bugungi o'yin qaydnomasiga ham kiritmoqchi edik. Jasur asosiy tarkib bilan mashg'ulotlarni ham olib bordi. Yoshlar tarkibimizdan futbolchilar etishib chiqsa, bundan faqat xursand bo'lamiz.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика