Bahrom Hakimov: "Oltinga teng ochkoni qo'lga kiritdik"
12 okt 2015 18:51
Yangiliklar
Bahrom Hakimov: "Oltinga teng ochkoni qo'lga kiritdik"
"Bugun "Bunyodkor" bizdan ko'ra yaxshiroq o'yin namoyish etdi. Buni tan olaman. Bu tabiiy hol, sababi jamoa bir necha yillardan buyon shakllanib kelmoqda, tarkibga istagan futbolchini jalb eta oladi. Biz oltinga teng bo'lgan ochkoni qo'lga kiritdik. Muxlislarimiz bugungi o'yindan qoniqish hosil qilishdi. Agar birozgina omadimiz bo'lganida 3 ochko olgan bo'lardik. Himoyada o'ynaganimiz rost. Agar xudo xohlasa oliy ligada qolsak mavsumlar oralig'ida yaxshi jamoa shakllantira olamiz", - deydi Bahrom Hakimov.
"Biz juda tez hisobni ochdik. Agar biroz kechroq gol urganimizda balki hisobni saqlab qolgan bo'larmidik. O'yinning boshidan himoyaviy o'ynash juda og'ir. Tarkibimizdagi Ilhom Yunusov, Artyom Filiposyan, Kamoliddin Murzoev kabi futbolchilar birinchi davrada deyarli o'ynashmagandi".
"Dilshod SHarofetdinov "So'g'diyona" bilan bahsda jarohat olgandi. Umid qilamizki u keyingi bahsda safga qaytadi. Keyingi o'yinlarga ham shunday tayyorlanamiz, sababi bizda orqaga yo'l yo'q", - deydi Hakimov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar