So’nggi yangiliklar

16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  5 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  27 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  2 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  27 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  7 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  4 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  9 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  9 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0

Bahrom Hakimov: "Mendan oldingi murabbiylar yomon ishlashdi demayman, ammo..." Yangiliklar

Bahrom Hakimov: "Mendan oldingi murabbiylar yomon ishlashdi demayman, ammo..."

Teglar :  Bahrom HakimovTuron
Superliganing 24-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Turon" (0:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Bahrom Hakimov o'z fikrlarini bildirdi.





"Jangovar o'yin bo'ldi. Yigitlarga o'yin uchun rahmat, qo'llaridan kelganicha harakat qilishdi, biroz omad etishmadi. Urgan golimizni inobatga olishmadi, hali o'sha vaziyat videosini ko'rmadim. Agar hozir ochkolarimiz ko'p bo'lganida bir ochko ishladik deyishimiz mumkin edi, ammo ayni paytda yo'qotgan ikki ochko suv va havodek zarur edi. Yomon o'ynamadik, to'g'ri xatolarimiz ko'p. Ishlash kerak, bu yil vaqtimiz ham etmasa kerak", - deydi Bahrom Hakimov.

- "Turon" tarkibi yomon emas, yosh va tajribali futbolchilar bor. Jamoaga nima etishmayapti?

- Mendan oldingi murabbiylar yomon ishlashdi demayman. Ammo istalgan yulduz futbolchini yangi jamoaga olib kelsangiz vaqt kerak bo'ladi. Pro ligada o'ynagan 5-6 futbolchi qolganida va yoniga 3-4 nafar yangi o'yinchini qo'shib, jamoaviy o'yinni shakllantirsa bo'lardi. Yigitlar har bir o'yinga bosim bilan tushmoqda, siz ortda qolib ketib boshqalarga etib olishingiz juda qiyin.

- "Turon" hozirdan Pro ligaga tushib ketdi deb hisoblaysizmi?

- Yo'q, hali imkoniyatimiz bor. Oldinda ikkita tur bor. Kim ishonmasa eshigimiz ochiq bemalol ketaveringlar dedim. Oxirgi turgacha o'ynaymiz. Bundan tashqari futbolni muxlislarimiz uchun o'ynaymiz. Uyog'i bir gap bo'lar. Agar Pro ligaga tushib ketsak o'yin uslubini yangitdan shakllantiramiz. Tarkibdagi 10-12 futbolchining shartnomasi bor ekan, bu tomonlama menga osonroq bo'ladi.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика