Bahrom Hakimov: "Men hech bir shogirdimdan yordam so'ramayman"
21 avg 2015 20:20
Yangiliklar


Bahrom Hakimov: "Men hech bir shogirdimdan yordam so'ramayman"
"Bugungi o'yinda yutishimiz ham, yutqazishimiz ham mumkin edi. Gol o'tkazib yuborgach yigitlar irodali o'yin ko'rsatib hisobda oldinga chiqib oldik. O'tgan o'yindagi ikki qizil kartochka bugungi o'yinga rejalarga tasir qildi. Bugun yoshlarga imkoniyat berdik. G'alaba bizga havodek zarur edi. SHogirdlarimga rahmat aytaman. Xatolar ustida ishlaymiz", - deydi Bahrom Hakimov.
"SHo'rtan" o'tgan yil birinchi ligada ham, bu yil birinchi mavsumda ham deyarli bir tarkib bilan o'ynamoqda. Bizda esa yangi jamoa. Bizda ishtiyoq ko'proq edi, ammo bu etarli bo'lmadi.
"Futboldan uzoq yurganim menga tasir qilgani yo'q. Bir oy ichida hech bir murabbiy jamoa tuza olmaydi. Muxtor Qurbonov 2 yildan buyon "SHo'rtan"da ishlab kelmoqda. Men esa "Dinamo"ga kelganimga 30 kun bo'ldi".
"Men hech bir shogirdimdan yordam olmayman ham, so'ramayman ham. Masalan, keyingi tur "Navbahor" bilan o'ynaymiz. Ashurmatov ham shogirdim, ammo o'sha o'yinda ham jang bo'ladi".
O’xshash yangiliklar

Fikrlar