So’nggi yangiliklar

23:57Африка Миллатлар Кубоги. Жазоир Конго ДР дарвозасига 119-дақиқада ғалаба голини уриб, чорак финалга йўл олди  3 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  0 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  9 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  6 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1

Bahrom Haydarov: “Agarda ko'ngilsiz xolat yuz bermaganida Kenjaev hozir MTJda o'ynab kelayotgan bo'lardi” Yangiliklar

Bahrom Haydarov: “Agarda ko'ngilsiz xolat yuz bermaganida Kenjaev hozir MTJda o'ynab kelayotgan bo'lardi”

Yaqinda Qarshi shahrida o'tkazilgan “Kamoliddin Kenjaevga yordam beramiz” xayriya tadbirida “Neftchi” jamoasi murabbiyi Bahrom Haydarov ham ishtirok etib qaytdi.

O'z vaqtida Kenjaev bilan birga “Nasaf”da yorqin o'yinlari bilan ko'pchilikni etiborini tortgan Haydarovning tadbir haqidagi fikrlarini bilishga qiziqdik. 

- Qarshi shahriga borganimizda bizni tashkilotchilar juda zo'r kutib oldi. U erda “Nasaf” qarorgohiga joylashdik. Sobiq jamoadosh do'stlar hotirjam tarzda o'tirib, suhbatlashdik. Gizimchuk, Fayziev, Mavlonov, Keldiev, Berdiev, Sultonov, Xolmurodov… Ilgari “Nasaf”da birga o'ynagan paytlarimizni esladik. Klub bazasida yurgan darvlarni xotirlab, diydorlashdik. SHuningdek biz o'ynagan davrda qo'llab-quvvatlab turgan ashaddiy ishqibozlar bilan ham ko'rishib gaplashdik. To'g'ri, sobiq jamoadoshlar mavsum mobaynida o'yinlar orqali ham uchrashib turardik. Lekin bu safargisi boshqacha bo'ldi. Qolaversa “Nasaf”ning sobiq o'yinchilari yig'ilganidan xayriya sababchi Kamoliddin Kenjaevning ham boshi ko'kka etdi. Juda xursand bo'ldi. Bu orqali ishtirokchilar ham mamnun bo'ldi.          

- Kamoliddin bilan oldin “Nasaf”da o'ynagan paytlarimni juda yaxshi eslayman. Inson va futbolchi sifatida boshqalarga o'rnak bo'la oladigan darajada edi. O'zidan katta yoshdagilarni hurmatini joyiga qo'yardi. Juda mexnatkash va tirishqoq bola bo'lgan. Agarda o'sha ko'ngilsiz xolat yuz bermaganida ishonmanki, Kenjaev hozir milliy terma jamoada o'ynab kelayotgan bo'lardi. Qarshiga borib, u bilan ancha suhbatlashdik. Ko'ngliga yo'l topdik. Bunday paytda yolg'izlatib qo'ymaslik kerak. 

- “Nasaf-2006” – “Qashqadaryo yuzduzlari” o'rtasidagi o'yin ham qiziq o'tdi. Muxlislar tashrifi ham ko'p bo'ldi. Raqib jamoa tarkibida o'yinchilarning sport formasi yaxshi. Bizda esa aksincha xolat edi. Yoshimiz ulg'aygani uchunmi, baribir ular kuchliroq ko'rindi. Ayni oliy ligada o'ynab kelayotgan yigitlar jamlangan. Ammo tajriba borasida baribir yutqazmadik. 

- Fursatdan foydalanib ushbu xayriya akciyasining tashkilotchilariga, viloyat hokimligi, “Nasaf” futbol klubi hamda viloyat futbol federaciyasiga minnatdorchilik bildiraman. “Neftchi” klubi murabbiyi sifatida aytishim mumkinki, bunday akciya tadbirlarni keyinchalik ham davom ettirish lozim. Futbolimizda o'ziga yarasha nom qozongan lekin bugunda oramizda yo'q bo'lgan sobiq futbolchilar bor. SHularning oilasiga ham yordam tariqasida tadbirlar tashkil etish tarafdoriman. Mana ko'ryapmizki, Kenjaev uchun o'tkazilgan akciyaning birinchi qismida ishtirokchilar soni ko'p bo'ldi. Demak xalqimiz bunday savobli ishlarda faol. Jamoamiz ham doim bunday xayrli ishlarda ishtirok etishga tayyor – deydi Bahrom Haydarov. 


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.  

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика