So’nggi yangiliklar

13:05"Қишки тозалаш": "Арсенал" 3 нафар футболчиси билан хайрлашади  0 12:36Ўзбекистон - Уругвай. Тахминий таркибимиз  6 12:30"Бунёдкор"нинг италиялик таҳлилчиси: "Каннаваро – ривожланиш учун улкан имконият"  1 12:11"Арсенал" собиқ футболчиси "Лутон Таун"ни бошқаради  0 11:43"Ал Аҳли" Педро трансфери борасида музокараларни бошлади  0 11:17Netflix Чемпионлар Лигаси ҳуқуқларини сотиб олмоқчи  0 10:40Златан Ибрагимович: "Айримлар бир-икки мавсум ярқ этиб кўринади-ю, сўнг йўқолиб кетади, Модрич эса 20 йилдан буён юқори даражада ўйнамоқда"  8 10:10Манба: "Барселона" Маркус Рэшфордни "Манчестер Юнайтед"дан тўлиқ сотиб олади  1 09:40Хави: "Барселона"га керак бўлган янги футболчи — Холанд  5 09:10Гана терма жамоаси Жаҳон чемпионатига йўл олди  4 08:40Уругвай билан охирги тўқнашувда таркибимизда кимлар ўйнаган?  5 08:20Юрген Клопп Германия терма жамоаси ва мураббийининг ишига баҳо берди  0 07:55Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон терма жамоаси бугун Уругвай билан ўйнайди  14 07:35Назорат учрашуви. "Бунёдкор" ва ОКМК баҳсида ғолиб аниқланмади  0 02:23Ўзбекистон U-18 Озарбайжон U-18ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0

Bahrom Abdurahimov: "AGMK nafaqat jamoa, balki ahil kollektiv kabi birlashgan holda, chinakam oila sifatida shakllanmoqda" Yangiliklar

Bahrom Abdurahimov: "AGMK nafaqat jamoa, balki ahil kollektiv kabi birlashgan holda, chinakam oila sifatida shakllanmoqda"

"Paxtakor"dan transfer qilingan tajribali yarim himoyachi Bahrom Abdurahimov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi va bir qator mavzular bo'yicha o'z fikrlarini bildirdi.

"Paxtakor"dan AGMKga o'tish tarixi qisqa. Meni jamoada ko'rmoqchi bo'lgan bosh murabbiy Mirjalol Qosimovning taklifiga binoan keldim. Ochig'i, bu taklif va qiziqishdan xursandman. Buyog'iga Mirjalol Qo'shoqovichning ishonchlarini oqlash va AGMKga nafim tegishi uchun bor kuchimni ishga solaman. AGMKdagi ko'plab futbolchilar bilan tanishligim va avval boshqa jamoalarda birga to'p tepganimiz uchun bir-birimizni bilamiz. SHu boisdan o'zaro chiqishib ketish, maydonda til topishish oson kechmoqda. Qisqa qilib aytganda, zo'r bollar yig'ilgan. Ular nafaqat kuchli futbolchi, balki yaxshi inson ham. Murabbiylar shtabi zo'r kollektivni yig'ishni uddasidan chiqishgan. Qachonki muhit alo bo'lsa, shunda ish unumdorligi oshadi, natija bo'ladi. O'ylaymanki, AGMK bilan yangi mavsumda belgilangan vazifa - OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritishga qodir. Xudo xohlasa bu vazifani amalga oshirib, olmaliqlik muxlislarni xursand qilamiz. 

Mavsumning ilk o'yinida g'alabani nishonlashni uddasidan chiqolmadik. Biroz omad etishmadi. Xudo xohlasa Jizzaxda "So'g'diyona"ga qarshi munosib o'yin ko'rsatib, mavsumdagi ilk g'alabani mehmonda nishonlashga harakat qilamiz. SHu orqali ilk o'yindagi durangni kelgusi uchrashuvdagi g'alaba bilan qoplamoqchimiz. "So'g'diyona"ga qarshi o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rilmoqda. 

Elkamda turgan masuliyatni his qilib turibman. Joriy yilgi mavsumda murabbiylar shtabi, rahbariyat va muxlislar ishonchini oqlashga bor kuchimni sarflayman. AGMKga o'tganimdan xursandman va yil so'nggida butun olmaliqlik ishqibozlar ham jamoa natijalaridan quvonishlari uchun yil davomida mehnat qilamiz. AGMK nafaqat shunchaki bir jamoa, balki ahil kollektiv kabi birlashgan holda, chinakam oila sifatida shakllanmoqda", - deya o'z fikrlarini bildirdi Bahrom Abdurahimov.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика