Bahriddin Vahobov: “To'purarlar bahsida meni esdan chiqarmang”
25 apr 2016 10:33
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/205981_original.jpg)
![](/upload/storage/205981_220.jpg)
Bahriddin Vahobov: “To'purarlar bahsida meni esdan chiqarmang”
-Bugun muxlislarimizga yirik hisobdagi g'alabani taqdim qilganimizdan mamnunmiz, - deydi navoiyliklar hujumchisi Bahriddin Vahobov. - Hozirgacha amaldagi mavsumda O'zbekiston kubogi doirasida o'tkazilgan ikki o'yinda ikki bor raqiblar darvozasini ishg'ol etgandim. Biroq chempionat uchrashuvlarida bugungacha omadim chopmayotgandi. Safarda to'p surishimizga qaramay, yirik hisobda zafar quchish juda yoqimli, albatta. Unga ayniqsa, o'zing ham hissa qo'shsang, boshqachada baribir.
O'tgan mavsum to'purarlari bahsida kurashga kirishib, ko'pchilikning etiboriga tushgandim. Xudo xohlasa, bu yil ham to'purarlar bahsiga qo'shilishga harakat qilaman. Qolaversa, buni navoiylik muxlislar, futbol klubimiz rahbariyati ham juda xohlashyapti. Ular mehrini qozonish va gollarim sonini ko'paytirishga astoydil bel bog'laganman. Bir so'z bilan aytganda, hali to'purarlar bahsida meni esdan chiqazishlarini istamayman.
“Qizilqum” PFK Matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar