So’nggi yangiliklar

12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  0 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  3 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  1 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  5 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  4 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  6 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  16

Bahriddin Vahobov: “Mavsum davomida qo'llab-quvvatlab turgan kishilardan minnatdorman” Yangiliklar

Bahriddin Vahobov: “Mavsum davomida qo'llab-quvvatlab turgan kishilardan minnatdorman”

Tajribali hujumchi Bahriddin Vahobov yakunlangan chempionatda to'purar bo'lishga juda yaqin edi. Ammo “Qizilqum” futbolchisi so'nggi turlarda peshqadamlikni boy berdi.

Aniqrog'i Igor Sergeev undan 2ta to'pga o'tib ketdi. Ayni damda tatilda, oila davrasida xordik chiqarayotgan Vahobov mavsum yakunlari haqida saytimizga intervyu berdi.

- Tatilni qanday o'tkazmoqdasiz?
- Yaxshi. O'zim tug'ilib o'sgan Surxondaryo viloyatining Denov tumanida oilam bilan dam olyapman. Tatildan unumli foydalangan xolda, yaqin insonlarim bilan ko'rishib, diydorlashishga ham urinyapman. Bazida qishloqdagilar bilan uyimizning yonida joylashgan stadionda futbol ham o'ynab turibmiz.

- Yakuniga etgan mavsumdan ko'nglingiz to'ldimi?
- Albatta, 100 foiz qoniqdim deya olaman. Negaki bu yil ikki marotaba oyning “eng yaxshi futbolchisi” nominaciyasida g'olib chiqdim. 100lik  marrani zabt etdim. Buni ko'p yillardan buyon orzu qilib kelardim. Denovlik Vali Keldiev 100tadan ortiq gol urganini yaxshi bilardim. Men xam unga xavas qilib bu dovonni zabt etishga astoydil xarakat qildim. Qolaversa bu yilgi chempionatda to'purarlik poygasida ham kurashdim. Ammo so'nggi pallalarda imkoniyat boy berildi.

- Bu alam qilgan bo'lsa kerak?
- Avvalo Igor Sergeevni to'purarlikka erishgani bilan tabriklayman. Uning uchun xursandman. Iqtidorli futbolchi. To'purarlikka erishgani ham MTJ yo'lida xizmat qiladi. Sababi uning o'ziga bo'lgan ishonchi yanada ortadi deb o'ylayman. Keyin yana bir narsa agar statistikaga etibor qaratsangiz, so'nggi yillarda to'purarlik asosan yarim himoyachilarga naisb etib kelayotgandi. SHuningdek 20tadan ortiq gol urmay ham to'purarlikni qo'lga kiritishayotgandi. Bu yil esa hujumchilar o'zlarini ko'rsatdi deb o'ylayman. Ochig'ini aytaman, bu yil men ham to'purar bo'lishni juda istagandim. Ammo kutilmaganda jarohatga yo'liqdim. SHunga qaramay murabbiylar maydonga tushiraverdi. Ular ham to'purar bo'lishimni istab shunday qaror qabul qilishdi nazarimda.


- Jarohatni qachon olgandingiz?
- “Lokomotiv”ga qarshi bahsda. SHundan beri deyarli bir oyoqda o'ynadim. Zarba berishga qiynalardim. Majburlikdan maydonga tushib keldim.

- To'purarlik poygasida ko'pchilik sizni g'olib chiqishingizni kutayotgandi?
- Haqiqatdan ham butun mavsum davomida meni qo'llab-quvvatlab turganlar soni ko'p bo'ldi. Nazoratchi, hakamlar, futbolchilar va jurnalistlar ham muxlislik qilishayotganini bildirib, omad tilashdi. Qolaversa qishqibozlarimiz ham g'olib chiqishimni kutayotgandi. Buning uchun ulardan minnatdorman. O'zingizga yaxshi malumki, Sergeevda to'purarlikka erishish uchun imkoniyat juda yaxshi edi. Xar xolda unga biroz engil ekanligi ko'rinib qolgandi. Bunga misol tariqasida so'nggi turni keltirib o'tish mumkin.

- Odatda o'rtamiyona jamoada gol urish qiyin bo'ladi. Lekin shunga qaramay siz to'purarlikka davogarlik qildingiz. Bunga qanday erishdingiz?
- Eng avvalo jamoadoshlarimning qo'llab-quvvatlashi natijasida deb o'ylayman. Aynan ularning qulay to'p uzatishlari oqibatida sermahsullik ko'rsatdim. SHuningdek klubimiz rahbari Hamidjon G'ulomovich ham sezilarli ravishda qo'llab-quvvatlab turdi. Bu esa har qanday futbolchiga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi. O'z ustimda ishlashni ham kanday qilmayapman. Mexnatlarim samara berdi deb o'ylayman.  

- Rejimga amal qilasizmi?
- Albatta. Bu siz qiyin bo'ladi. Ayniqsa bizning yoshdagi futbolchilar o'z ustida ishlashni birozgina susaytirsa keyinchalik avvalgi xolatga chiqishga qiynaladi. Yoshlarda esa aksincha, to'rt mashg'ulot o'tkazmasa ham beshinchi kundan boshlab yana avvalgidek ketaveradi. SHuning uchun men ham imkon qadar sport rejimiga amal qilishga odatlanganman.

-To'purarlik boy berilgach bundan jiddiy tushkunlikka tushmadingizmi?
- Endi bundan foyda yo'q. Taqdirimizga yozilganini ko'ramiz. Balki kelgusi mavsum niyatimga etarman. Buning uchun astoydil ishlash kerak.

- “Qizilqum”ning bu yilgi ishtiroki haqida nima deysiz?
- 10-o'rin bilan yakunladik. Ammo yil boshida kamida 7-8-o'rinni egallash maqsad qilib qo'yilgandi. Agar 2ta o'yinda yutganimizda, 7-o'rin bilan tugatardik. Ammo o'z uyimizda “Metallurg”ga qarshi durangq ayd etib, keyinchalik “Navbahor”ga imkoniyatni boy berdik. SHu o'yinlarda g'alabaga yaqin edik. Umumiy olib aytganda esa birinchi davrani yomon tugatmadik. Ikkinchi davraga kelib esa nimadir etishmadi. Bunga alohida bir narsani sabab qilib ko'rsatish qiyin. Nima bo'lganda ham vazifani bajar olmaganimiz chakki bo'ldi. Bonus va mukofot pullaridan quruq qoldik.

- Jamoadagi sharoitlar sizni qoniqtiryaptimi?
- Nolimayman, yomon emas. Jamoa o'z qarorgohiga ega, klubda yaratilgan qulayliklarga chidasa bo'ladi. Asosiysi moddiy jihatdan qarzdorlik yo'q.  


- Bu yil hisobidan klub futbolchilar bilan to'liq hisob-kitob qilib bo'lganmi?
- Deyarli tugatdi. Bitta mukofot puli bilan majburiy tatilning oylik maoshi qolgan xolos. O'zingiz bilsangiz kerak, hozir oliy liganing boshqa ko'plab klublarida qarzdorliklar ko'ndalang turibdi. “Qizilqum”da esa aytarli muammo yo'q.  

- Haqiqatdan ham ayni damda futbolchilaridan qarzdor bo'lgan klublar soni oz emas...
- Aytganimdek “Qizilqum”da pullarimizni vaqtida olmoqdamiz. Balki etakchi klublar – “Lokomotiv”, “Nasaf”, “Paxtakor” va “Bunyodkor”dagi kabi katta maosh olmasdirmiz. Lekin shunday bo'lsada o'z vaqtida berilmoqda. Boshqa klublarda aldov ko'payib ketgan. Ayrim rahbarlar futbolchini jamoasiga olib kelgunicha katta-katta vadalarni beradida, keyin xatto siz bilan gaplashgisi ham kelmay qoladi.  

- Rahbarlar haqida gap ochdingiz. SHu o'rinda “Qizilqum” menejeri xususida fikringizni bilmoqchi edik?
- Hamidjon G'ulomovichning klubda tutgan o'rni katta. U kishining ishi juda ko'p. Tashkiliy ishlarni ham o'zi hal qiladi. Olib boradigan mashg'ulotlari ham kishini zeriktirib qo'ymaydi. Doim bir xil mashg'ulot o'tkazsangiz ham qiziq bo'lmaydi. Aktamovni mashg'uloti esa rang-barangligi bilan ajralib turadi. Yuqorida aytib o'tdim, jamoada moliyaviy muammo deyarli yo'q. Bazida o'zim ko'rib guvoh bo'lganman, klubga kelib futbol o'ynamasdan ortga qaytgan o'yinchilarni ham rahbariyat rozichilik bilan qo'liga pulini berib kuzatgan. Bu tomondan ham qoil qolaman.  

- Katta ehtimol bilan kelgusi mavsumni ham navoiyliklar safida boshlaydigan ko'rinasiz?
- “Qizilqum” bilan bir yillik shartnomam qolgan. Agarda jamoaga kerak bo'lsam, shu erda o'ynashda davom etaman.

- Boshqa klublardan chorlovlar ham bo'layotgandir?
- Xudoga shukur, takliflar yo'q emas. To'g'risi, ularni ko'rib chiqishga ham hayronman. Bazida bu haqda o'ylab ham qolaman. CHunki “Qizilqum” bilan rasmiy kelishuvim bo'lgani bilan, yakunda ularning rejalaridan o'rin olmasam, jamoamni o'zgartirishimga to'g'ri keladi. O'tgan yili “Buxoro” bilan xuddi shunday xolat yuz bergandi. Rahbariyat so'nggi pallalarga kelganida, to'satdan murabbiylarning qarashlariga mos tushmaganimni aytib qolgandi. Bu - hayot. SHuning uchun oldindan bir nima deyish qiyin.

- Xorij klublaridan ham qiziqishlar bo'lsa kerak?
- O'zlarini futbol agenti deya tanishtirayotgan kishilardan qo'ng'iroqlar juda ko'p bo'lmoqda. Garchi ular bilan shaxsan yaqindan tanish bo'lmasamda, Malayziya va Tailand kabi davlatlarning chempionatiga jo'natishlarini aytishadi. Ularga shunday dyaeman: menga tayyor shartnoma taklif qilishsagina ko'rib chiqishim mumkin. Agarda ko'rikka bo'ladigan ersa, uzur.

- Xorijda o'ynab kelish ishtiyoqingiz ham bormi?
- To'g'risi, bunga jiddiy qiziqmadim. Sababi oilada bitta o'g'il bo'lganim uchun ko'proq ota-onam va oilam davrasida bo'lishim kerak. Bo'ydoqligimda ham xorijdan variantlar bo'lgan. Ammo o'sha paytda ham bunga shoshilmasdim.

- Lekin ko'pchilik moliyaviy jihatdan baquvvat bo'lib kelish maqsadida ham saviyasi past bo'lgan chempionatga borishni o'ylamoqda...
- Fikringizni tushundim. Bu ham qaysidir manoda to'g'ri. Hammani o'z fikri bor. Dunyoga har kim o'z qarashi bilan nazar tashlaydi. Ko'ryapsiz ayrim davlatlarda hozir notinchlik yuzaga kelgan. O'zimizning tinch, osoyishta mamlakatimiz kabi davlat yo'q deb bilaman. Xalqimizda bir gap bor-ku, uzoqning bug'doyidan yaqinning somoni yaxshi degan. Inkor etmayman pul hammaga kerak. Lekin meyorida bo'lgani ham yaxshi.


- Bu yilgi chempionatda qaysi hujumchilar o'zini ko'rsatdi deb o'ylaysiz?
- Hujumchilar so'nggi yillarga nisbatan bu yil sermahsullik ko'rsata oldi deb o'ylayman. Xususan SHahboz Erkinov, Igort Taran, Ilhom SHomurodov hamda Marat Bikmaev singari hujumchilar bu yil barqaror o'yin namoyish etdi deb o'ylayman.  

- Himoyachilardan kimlarga qarshi o'ynash siz uchun qiyin kechdi?
- Bu borada eng avvalo “Paxtakor” mudofaa chizig'ini aytgan bo'lardim. Keyin birinchi davrani “Bunyodkor” safida o'tkazgan Artyom Filiposyanga qarshi o'ynash ham doim qiyin kechgan. SHuningdek “Neftchi”dagi Jahongir Mehmonov ham butun o'yini davomida yonimdan ketmay, xalaqit berishga intiladi.  

- Darvozabonlardanchi?
- “Neftchi” posboni yoqdi. Ammo kelasi yil farg'onaliklar ushbu legionerning xizmatidan foydalana olmas ekan.

- Yangi mavsumga tayyorgarlik qachondan boshlanadi?
- 15 dekabr kuni Toshkentda yig'ilamiz. Ungacha oilamni poytaxtdagi o'yimga olib kelaman. SHundan keyin ish boshlanadi bizga.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.   

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика