So’nggi yangiliklar

15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  0 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  2 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  31 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  30 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6

Bahriddin Vahobov: “Kubokda keyingi bosqichni o'z maydonimizda o'tkazishimizni kutgandik” Yangiliklar

Bahriddin Vahobov: “Kubokda keyingi bosqichni o'z maydonimizda o'tkazishimizni kutgandik”

Xabaringiz bo'lsa kerak, kecha O'zbekiston Kubogining 1/8 bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Qiziqarli va katta xayajon ostida o'tgan qura qaysidir jamoaga omadli kelgan bo'lsa kimgadir aksincha bo'ldi.

Quraga ko'ra, Termizning “Surxon” jamoasi keyingi bosqichni ham safarda o'tkazadigan bo'ldi. Dilshod Nuraliev boshqaruvidagi jamoa 1/8 bosqichida Muborakning “Mashal” jamoasi mehmoni bo'ladi. Xo'sh, bu borada “Surxon”ning tajribali hujumchisi Bahriddin Vahobov qanday fikrda?

- Ertaga chempionat doirasidan o'rin olgan “Orol”ga qarshi o'yinimiz bor (suhbat 19 aprel kuni bo'lib o'tdi - mulallif). Bugun ertalab Nukus shahriga etib keldik – deya gap boshladi Vahobov. Kecha yo'lda bo'lganimiz sababli qura tashlash marosimini TV orqali jonli efirda ko'ra olmadik. Lekin internet orqali Kubokdagi keyingi raqibimizning kim ekanligini bilib oldik.

- Bilasizmi “Surxon” O'zbekiston Kubogining 1/16 bosqichini ham safarda o'tkazdi. SHu bois keyingi bosqichni o'z maydonimizda o'tkazishni kutgandik. Ammo yana safarda o'ynaydigan bo'ldik. O'z uyimizda Superliga klubi bilan o'ynasak, ishqibozlarimiz ko'z o'ngida boshqacha o'yin bo'lardi, nazarimda.

- “Mashal” haqida nima deyishim mumkin. Yaxshi jamoa. O'z uyida osonlikcha ochko ulashib yubormaydi. Lekin “Surxon” ham safardan ijobiy natija bilan qaytishga urinadi. Keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini 50x50 baholagan bo'lardim.

- Kubokdagi maqsadimiz imkon qadar uzoqroqqa borishdir. Qolganini vaqt ko'rsatadi.

- CHempionatning birinchi o'yinida “SHo'rtan” bilan o'z maydonimizda nursiz durang qayd etib qo'ydik. To'g'risi, shu kuni biroz hayajon bosdi. Ishqibozlarimiz qarshisida faqat va faqat g'alaba qozonish shartligini yigitlar haddan ziyod o'ziga ovordi. Bosim kuchayib ketdi. Keyinchalik hammasi iziga tushib ketadi degan umiddaman - deydi Bahriddin Vahobov.



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика