Bahriddin Vahobov: Andijon juda yaxshi shakllanibdi
16 may 2016 08:29
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/208103_original.jpg)
![](/upload/storage/208103_220.jpg)
Bahriddin Vahobov: Andijon juda yaxshi shakllanibdi
Aytish kerakki, tajribali forvard mazkur uchrashuvda o'z aktiviga bitta gol yozdirib qo'ydi.
- Ochig'ini aytganda, juda qiyin o'yin bo'ldi. Garchi g'alaba qozongan bo'lsakda, bunga juda qiyin erishdik. Har ikki jamoa ham g'alabani ko'zlab, jon-jahdi bilan o'ynadi. SHu bois bahs keskin kurashlarga boy tarzda o'tdi. Qizilqumga g'alaba juda muhim edi. O'tgan turdagi mag'lubiyatdan so'ng Hamid aka Aktamovning kayfiyati tushkun edi. Mazkur g'alaba u kishiga munosib sovg'a bo'ldi.
- Andijon juda yaxshi shakllanibdi. Bunda tabiiyki, Baxtiyor Ashurmatovning qo'li borligi sezilib turibdi. To'g'risi, ulardan bunchalik jiddiy qarshilik kutmagandim. O'ylaymanki, andijonliklar uchun hali hammasi oldinda. Ularning keyingi uchrashuvlarida omad yor bo'lishini tilab qolaman - deydi Vahobov.
- Jarohatim bo'lsada maydonga tushib, jamoamga foyda keltirish uchu astoydil xarakat qildim. Butun o'yin davomida og'riq bilan o'ynash, har qanday futbolchiga qiyinchilik tug'diradi, - deydi Vahobov.
Andijon matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar