Bahrayn va BAAga qarshi o'yinlarni boshqaradigan hakamlar nomi malum
08 okt 2014 12:40
Yangiliklar


Bahrayn va BAAga qarshi o'yinlarni boshqaradigan hakamlar nomi malum
Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi ayni damda BAAning Dubay shahrida navbatdagi yig'inini o'tkazmoqda. Mazkur yig'in davomida Qosimov shogirdlari 10 oktyabr kuni Bahrayn, 14 oktyabr kuni esa BAA milliy terma jamoalariga qargi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadilar. Ushbu o'yinlar arafasida har ikkala uchrashuvni boshqarib boradigan hakamlar nomi malum bo'ldi.
O'zbekiston terma jamoasining Bahraynga qarshi o'yinini BAAlik Fahad al-Kassar boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi Unga qanotlarda Ahmad ar-Rashidiy va Sobit Surur yordam berishadi. Zaxira hakami vazifasini Muhammad az-Zaruniy bajaradi. Mazkur o'yin Dubaydagi Sevens stadionida bo'lib o'tadi.
Qosimov shogirdlari BAAga qarshi o'yinini 14 oktyabr kuni Abu-Dabi shahridagi Muhammad bin Zayd stadionida o'tkazadi. Bu o'yinda misrlik hakamlar ishlashadi. Bosh hakam Ibrohim Nuriddinga qanotlarda Ayman Degaish va Ahmad Hussom yordam berishadi. BAAlik Abdulkarim az-Zaruniy zaxira hakami sifatida faoliyat yuritadi

Fikrlar