So’nggi yangiliklar

07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  0 02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  156 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  0 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  5 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  5 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  15 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  136

Bahor-2018. Tiago Bezerra oyning eng yaxshilari bilan bir xil ochko jamg'ardi Yangiliklar

Bahor-2018. Tiago Bezerra oyning eng yaxshilari bilan bir xil ochko jamg'ardi

Teglar :  SuperligaPFL
Siz-u bizga ko'plab kutilgan va umuman kutilmagan natijalar taqdim etayotgan Superligada bahor mavsumi yakuniga etdi.

Ortda qolgan 3 oy sarhisob qilinganida, oyning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun kurash ancha qizg'in kechayotganiga guvoh bo'lish mumkin. Zero har oy yangi ijrochilar o'z mahoratini namoyish etib, muxlislar olqishiga sazovor bo'lishmoqda. Mart oyida eng yaxshi bo'lish uchun nomzod bo'lgan o'yinchilar aprelda davogarlar safidan joy olishmadi. Bu holat may oyida ham kuzatildi. Faqatgina “Paxtakor” azosi Tiago Bezerra 2 marta eng yaxshi futbolchi bo'lish uchun nomzodlar qatoridan joy egalladi va u aprelda uchinchi, mayda esa ikkinchi pog'onani band etdi. Natijada ayni paytga kelib, Bezerra hisobida 3 ochko mavjud va u har uchala oyning eng yaxshisi deb topilgan futbolchilar – Aziz Turg'unboev, Arslonmurod Omonov hamda Sardor Sobirxo'jaev bilan birgalikda eng ko'p ochko jamg'argan futbolchilar bo'lib turishibdi.

SHuningdek, Xurshid G'iyosov hamda Javlon Ibrohimov hisobida 2 ochkodan mavjud. Mart oyida so'rovnoma yakunlariga ko'ra uchinchi bo'lgan Elguja Grigalashvili hamda may oyida uchinchi pog'onani egallagan SHavkat Salomov hisobida mos ravishda 1 ochkodan bor.

Hozircha bahor mana shunday qizg'in kurashlar ostida yakunlandi. Ana endi bor diqqat-etiborimiz yozda bo'ladigan uchrashuvlarga qaratiladi. Ko'ramiz, yozda kimlar muxlislar-u mutaxassislar etirofiga sazovor bo'lar ekan.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика