So’nggi yangiliklar

14:43"Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани сотиб олиши мумкин  2 14:12"Барселона" Рэшфордни сотиб олишга мойил  1 13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  5 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  3 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  8 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  1 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  5 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  5

Bahor-2018. Qosimov – peshqadam, Arveladze – eng omadsiz murabbiy Yangiliklar

Bahor-2018. Qosimov – peshqadam, Arveladze – eng omadsiz murabbiy

Anchagina qiziqarli tarzda o'tayotgan Superligada bahor mavsumi yakuniga etdi.

Ortda qolgan 3 oy sarhisob qilinganida, oyning eng yaxshi murabbiylari ichida “Bunyodkor” ustozi Mirjalol Qosimov boshqalardan ilgarilab ketganiga guvoh bo'lamiz. Tajribali mutaxassis 3 oyda 2 marta oy laureati bo'lishga erishdi. Qosimov mart va may oylarida tengsiz deb etirof etildi. Natijada uning hisobida ayni paytga kelib, jami 6 ochko mavjud bo'lib turibdi.

Undan keyingi o'rinni esa hali biror marta ham g'oliblikni qo'lga kiritmagan “Paxtakor” bosh murabbiyi SHota Arveladze egallab turibdi. Arveladze oyning eng yaxshi murabbiyi bo'lish uchun har oy davogarlik qilmoqda. Biroq yakuniy ovoz berish natijalariga ko'ra mukofot boshqa mutaxassislarga yo'l olmoqda. SHunday bo'lsa-da, hozircha har oy nomzodlar qatoridan o'rin egallayotgan yagona murabbiy hisobida 4 ochko bor. Dastlab martda Arveladze xatto kuchli uchlikka ham kira olmagan bo'lsa, aprel va may oylarida “sherlar” ustozi yakunda ikkinchi o'rinni band etdi.

SHuningdek, “Navbahor” bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov hamda “Metallurg” ustozi Andrey SHipilov 2 ochkodan jamg'arishgan. Mo'minjonov 2 marta uchinchi o'rinni egallagan bo'lsa, SHipilov mart oyi yakunlariga ko'ra ikkinchi pog'onadan joy olgan edi. Qolaversa, aprelda kuchli uchlikdan o'rin olgan “So'g'diyona” bosh murabbiyi Sergey Lushchan hisobida ham 1 ochko mavjud.

Oldinda bizni yozgi mavsum kutmoqda. Ko'ramiz, endi qaysi murabbiylar o'zini ko'rsatarkin…


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика