Bahodir SHaymardonov: "Yangier-Quruvchi" bilan o'yinda jamoaga omad etishmadi"
28 may 2022 21:11
Yangiliklar
Bahodir SHaymardonov: "Yangier-Quruvchi" bilan o'yinda jamoaga omad etishmadi"
"O'yin biz kutgan darajada boshlanmadi. Birinchi bo'limda shamol ham rejalarimizga o'z tasirini o'tkazdi. Tanaffusdan keyin yaratilgan imkoniyatlardan foydalana olmadik. Yigitlar qo'llaridan kelgancha urinishdi, gol urish uchun ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik. Ammo omad ham etishmadi. Sportda omad bo'lmasa, juda qiyin.
Bu o'yinga qadar futbolchilarimizga oylik va mukofot pulini bergandik. "Yangier-Quruvchi" bilan bo'ladigan bahsda g'alaba qozonsak, darhol yana mukofot pullarini berishga tayyor turgandik. Afsuski, natija biz kutgan darajada bo'lmadi. Bir so'z bilan aytganda, "G'ijduvon"ning moliyaviy holati bugungi kunda qoniqarli. Muammolar yuzaga kelgani yo'q.
Transfer oynasi ochilsa, bir qator futbolchilarni taklif qilmoqchimiz. Tarkibni kuchaytirmoqchimiz. Yaxshi niyat qilib turibmiz. Qolaversa, bir qator o'yinchilarga javob ham bermoqchimiz", – dedi SHaymardonov.
Fikrlar