So’nggi yangiliklar

11:51ФИФА "Лион"га трансфер тақиқи қўйди  1 11:25БАА терма жамоаси тайёргарликни бошлади  7 11:00“Челси“ Италия чемпиони билан шартнома тузмоқчи  0 10:37Салоҳ қачон фаолиятини якунлаш ниятида эканлигини айтди  0 10:13Алонсо “Реал“ раҳбариятидан икки нафар футболчини трансфер қилишни сўради  5 09:52“Лестер“ 11 нафар футболчи билан хайрлашганини эълон қилди  0 09:27Суарес ва Месси ўзларининг футбол клубларига асос солишди  3 09:02Роналдуда иккита йўл бор  5 08:36АПЛ чемпиони 181 миллион фунт, 20-ўриндаги жамоа 110 миллион фунт мукофот олди  5 08:26Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийи шогирдига қарши, бир қатор собиқ футболчилар ҳаракат қилаётган “Like cup“ мусобақаси давом этмоқда +ФОТОГАЛEРEЯ  1 08:07Ламин Ямаль янги келишув бўйича “Барселона“да қанча ишлаб олиши маълум  5 07:40Хебай собиқ жамоасига қарши ўйин ҳамда кам гол ураётганининг сабаби ҳақида гапирди  2 02:02Валижон Раҳимов: "Андижон" ўз ўйинини топиб олади"  3 01:50Жавоҳир Сиддиқов: "Насаф" доимий соврин ютмоқда, бу ҳам ёқимли ҳолат"  4 01:32Илҳом Абдуғаниев: "Биргина пенальти барчасини ҳал қилди"  5

Bahodir Nasimov: “Legioner futbolchi har taraflama kuchli bo'lishi kerak” Yangiliklar

Bahodir Nasimov: “Legioner futbolchi har taraflama kuchli bo'lishi kerak”

Ozarbayjonning “Neftchi” va Eronning “Padideh” jamoalarida to'p tepgan Bahodir Nasimov bu yil Toshkentning “Bunyodkor” tarkibida to'p tepmoqda.

Nasimov yil boshida “qaldirg'ochlar” bilan 1 yillik bitimga imzo chekkan edi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi shu yil o'z nihiyasiga etadi. Biz Bahodir Nasimov bilan bu yilgi chempionat bahslari va  kelajagi borasida suhbatlashdik.

-  Bu yil oliy liga bahslari siz uchun qanday o'tdi?
-  Albatta, bu yil chempiontamiz yaxshi o'tdi. CHempion bo'lish uchun uchta jamoada ham imkoniyat etarli edi. Men qaysi jamoada bo'lmay har safar sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritganman. Rossiya chempionatida ishtirok etuvchi “Rubin” jamoasida o'ynaganimda mamlakat Superkubokini qo'lga kiritganmiz. O'zbekiston chempionatida ham sovrinli o'rinlarni egallashni qilganman. CHempionatimiz yaxshi o'tdi, deb o'ylayman. Rostini aytaman, musobaqada boshqa jamoalarning o'yinlarini kuzatmayman. Maqsad, o'zimizning o'yinlarimizda g'alaba qozonish. Biz o'z o'yinimizni o'ylashimiz kerak. Afsuski, “Navbahor”ga qarshi uchrashuvda durang natija qayd etib, asosiy raqobatchimiz bo'lgan “Lokomotiv” klubiga chempionlikni topshirib qo'ydik. Endi bor etiborimizni kubok o'yiniga qaratishimiz kerak. Kubok bahsining ilk uchrashuvida safarda “Lokomotiv” jamoasiga kichik hisobda imkoniyatni boy bergan edik. Nasib qilsa, javob uchrashuvida yirikroq hisobda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.


-  Bilamiz, siz chet el jamoalarida to'p tepgansiz. U erda muxlislar stadionlarga ko'p tashrif buyurishadi. Bizning chempionatimizdagi o'yinlarga muxlislar tashrifi nima sababdan kamayib ketdi, deb o'ylaysiz?
-  Menimcha, Toshkentdagi o'yinlarda stadionlarga muxlislar tashrifi boshqa joylarga qaraganda kamroq. Biz “Buxoro”, “Qizilqum”,  “Navbahor” va “Neftchi” jamoalariga qarshi safarda o'yin o'tkazganimizda juda ham ko'p muxlislar uchrashuvni tomosha qilish uchun stadionga tashrif buyurishadi. Ochig'ini aytsam, aniq sababini bilmayman.

-  “Bunyodkor” jamoasi bilan tuzgan shartnomangiz bu yil o'z nihoyasiga etadi. Jamoada qolasizmi yoki boshqa klublardan takliflar bormi?
-  Rostini aytsam, xorij jamoalarida to'p tepmoqchiman. Variantlar yo'q emas. Ikki-uchta variantlar ham bor. Mavsumni yakunlab olaylik, qolganini o'ylab ko'ramiz.

-  Sir bo'lmasa qaysi klublardan takliflar bo'lmoqda?
-  Eron, Ozarbayjon, Malayziya va yana bir nechta mamlakat chempionatlaridagi jamoalardan takliflar bo'lmoqda.

-  O'zingiz harakat qilgan jamoalardan takliflar bo'lyaptimi yoki boshqa jamoalardanmi?
 -  Eron chempionatida boshqa jamoalardan, Ozarbayjonda “Neftchi”jamoasining hozirgi holati yaxshi emas. Uning o'rniga boshqa klublardan takliflar bor.

-  Ozarbayjonda “Neftchi” klubida o'ynaganingizda to'purarlar qatorida bo'lgansiz. Bu yil mamlakatimizda o'sha sensaciyani takrorlay olmadingiz. Bu nima bilan bog'liq?
-  Mavsum avvalida yaxshi o'ynayotgandim. Jarohat olganimdan so'ng biroz sport formamni yo'qotdim. Menimcha, bunga jarohatim halal berdi, deb o'ylayman. Avval maydonda 90 daqiqa harakat qilardim. “Bunyodkor” tarkibida o'ynayotganimda avvaliga gollar urayotgandim. Aytib o'tganimdek, jarohat olganimdan so'ng sport formamni tiklab olish biroz qiyin bo'ldi.


-  Siz legioner futbolchi sifatida faoliyat yuritgansiz. Legioner futbolchi mahalliy futbolchidan bir bosh baland bo'lish kerak deyishadi. Aytingchi, bizdagi legioner futbolchilar mahalliy futbolchilardan bir bosh baland, deb o'ylaysizmi?
- To'g'ri aytasiz, legioner futbolchi bo'lib o'ynayotgandan keyin mahalliy futbolchidan bir bosh baland bo'lishi kerak. Bizda legionerlar orasida mahalliy futbolchilardan ham past saviyadagilari uchrab turadi. Biz uchun  bunday legionerlar kerak emas. Legioner futbolchi har taraflama kuchli bo'lishi kerak. Ular mahalliy futbolchiga qaraganda ko'proq maosh oladi. Legioner degan nomi bor, lekin o'yini yo'q. Bu narsa biz uchun noto'g'ri, deb o'ylayman. Undan ko'ra o'zimizning mahalliy futbolchilarni maydonga tushirgan maqulroq. Misol uchun, bizda o'ynayotgan Sato Minori, “Lokomotiv” tarkibida Artur Gevorkyan, “Nasaf”da CHeran va boshqa jamoalarda o'ynayotgan saviyali legionerlar chempionatimizdagi klublarga ancha yaxshi foyodasi tegyapti. Saviyali legionerlar qanchalik ko'p bo'lsa chempionat ham qiziqarli o'tadi, deb o'ylayman.


-  Siz o'ynagan jamoalarda murabbiylar sizdan qanday natija talab qilgan?
-  Asosiy tarkib bilan mashg'ulotlar yakuniga etganidan so'ng o'zimiz jismoniy tayyorgarlik bo'yicha masul bo'lgan murabbiy bilan qolib mashqlarni bajarardik. O'z ustimizda ko'proq ishlardik. Mendan ko'proq gol urishimni talab qilishardi. SHuning uchun ham maydonda 90 daqiqa harakat qilardim.

Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика