So’nggi yangiliklar

21:30АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" (матнли трансляция)  49 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  7 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  0 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  3 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  15 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  7 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  3 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  8 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  11 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1

Bahodir Mirzaev: "Marketingga katta urg'u bersak, stadionlarimiz "Al Ittihod" bilan o'yinda bo'lganidek to'la boshlaydi" Yangiliklar

Bahodir Mirzaev: "Marketingga katta urg'u bersak, stadionlarimiz "Al Ittihod" bilan o'yinda bo'lganidek to'la boshlaydi"

Teglar :  Bahodir MirzaevOKMK
7-11 dekabr kunlari Superliga va Proliga klublari vakillari Istanbulda bo'lib, O'zPFL va Turkiya Klublar biriligi hamkorlikda tashkil qilgan o'quv-seminarida ishtirok etishdi.

Seminar doirasida o'zbek mutaxassislari Turkiyaning grand klublariga tashrif buyurib, “Fenerbahche” va “Galatasaroy”ning ish uslubi bilan to'liq tanishish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Har ikki klubning sport direktorlari, tijoriy direktor va bosh skautlari klublarimiz vakillari bilan o'z tajribalarini o'rtoqlashdi.

Mazkur seminarda ishtirok etgan OKMK futbol klubi bosh direktori Bahodir Mirzaev seminar doirasida yangi bilimlar olgani haqidagi fikrlarini bildirdi:



- Seminar chindan har tomonlama foydali bo'ldi. Turkiya futbol federaciyasi, “Fenerbahche” va “Galatasaroy”ga tashriflar, ushbu klublarning ish-faoliyati va tuzilmasi bilan yaqindan tanishish, qolaversa, “Galatasaroy” – “Adana Demirspor” va “Beshiktosh” – “Fenerbahche” uchrashuvlarini bevosita kuzatish, uchrashuvga jamoalarning qanday hozirlik ko'rishi bilan tanishish barchamizda katta taassurot qoldirdi.

Menga eng maqul kelgan jihat – ushbu turk grandlarida faoliyat yuritayotgan etakchi mutaxassislar bizga o'z klubining yillar davomida qanday qilib ushbu muvaffaqiyatlarga erishgani va 10 yillar davomida bosib o'tilgan yo'lda uchragan ayrim kamchiliklarni biz ham qaytarmasligimiz bo'yicha o'z tavsiya hamda maslahatlarini ulashishgani bo'ldi.

Misol uchun, turk grandlari tijoriy yo'nalishda qanday ish olib borishi, klubning o'yinga tayyorgarlik doirasida muxlislar uchun yaratadigan shart-sharoit va qulayliklari, klub rasmiy do'konlarining keng tarmog'i mavjudligi, o'yin kuni stadionning bir nechta nuqtasida klub attributikalari savdosi olib borilishini o'rganish ancha foydali bo'ldi. Muxlislar sevimli jamoasi o'yiniga oilasi va farzandlari bilan 3-4 soat avvaldan kelib, klub muzeyini tomosha qilishi, stadionda bemalol ovqatlanish imkoniyati ham mavjudligi va oila azolari bilan miriqib hordiq chiqarish imkoni yaratilgani taqsinga sazovor.

Turk klublarida marketing va futbol uzviy hamohanglikda faoliyat yuritayotganiga guvoh bo'ldik. SHu kabi jihatlarni o'rganib, o'zimizda ham to'liq tatbiq etish vaqti keldi.
Biz ham marketingga hozirdanoq katta urg'u bersak, sekin-asta bizda ham stadionlar xuddi “Al Ittihod” bilan o'yinda bo'lganidek to'la boshlaydi. OKMK futbol klubi ortda qolgan mavsumda klub do'koni shaxobchasini ishga tushirdi. Yangi mavsumda biz ham savdo shaxobchalarimiz sonini oshiramiz va muxlislarimiz uchun yanada ko'proq va sifatli mahsulotlar taqdim eta boshlaymiz. Muxlislar oilalari bilan stadionga kela olishi uchun sharoitlarni, ko'ngilochar dasturlarni tayyorlaymiz. Nasib etsa, bizda ham yaqin yillarda butun stadion xuddi turk grandlari kabi o'z sevimli jamoamiz madhiyalarini jo'r bo'lib kuylay boshlaydi, - dedi Bahodir Mirzaev.



Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика