Bahodir Daminov: “Afsuski, g'alaba qozona olmadik”
28 mar 2022 13:10
Yangiliklar


Bahodir Daminov: “Afsuski, g'alaba qozona olmadik”
Mazkur o'yindan keyin zominliklar yarim himoyachisi Bahodir Daminov fikrlariga quloq tutdik.
“O'yin juda qiyin kechdi. Dastlabki bo'limda raqib ancha xavfli vaziyatlarni yaratdi. Ko'plab hujumlar tashkil qildi. Albatta, gol olib chiqqanimizdan keyin muvozanatni tiklashimiz lozim edi. Tanaffusdan keyin murabbiyimiz bergan ko'rsatmalarga amalga qilgan holda o'ynadik. Natijada, o'yin nazoratini to'liq o'z tarafimizga oldik. Afsuski, g'alaba qozona olmadik. CHunki yaratilgan vaziyatlarimizda g'alabani qo'lga kiritish imkoniyati ham bor edi.
“Buxoro” yaxshi taassurot qoldirdi. Jamoada tajribali futbolchilar ko'p. Superligaga qaytishga astoydil tayyorgarlik ko'rayotgani ko'rinib turibdi. Yaxshi shakllangan jamoa.
Muborakdagi stadion holati haqida gapirsam, hech qanday etiroz yo'q. Stadion holati juda yaxshi va chiroyli futbol ko'rsatishda muammo deyarli ko'rinmaydi”, - deya so'zini yakunladi Daminov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar