So’nggi yangiliklar

01:32Лиам Росеньор: "Челси" жуда осон голларни ўтказиб юборяпти"  1 01:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога шартнома таклиф қилди, бироқ...  0 00:38Бундеслига. "Боруссия" Д суперкамбэк амалга оширди  0 00:23АПЛ. "Челси" осмонида қора булутлар: Росеньор жамоаси Ливерпулда йирик ҳисобда ютқазди  18 23:39Венсан Компани: "Рекордни янгилаймиз, деб ўйлайман. Лекин менга бу қизиқ эмас"  3 23:02Арне Слот: "Одамлар бизнинг қимматга футболчилар олиб келганимизни гапиришяпти"  6 22:35"Яйпан" дастлабки уй ўйинларини бошқа стадионда ўтказади  2 22:16"Сўғдиёна" бош мураббийи истеъфога чиқарилиши мумкин  9 22:11"Бавария" ўз рекордини янгилашга яқин  5 21:35Ўзбекистон терма жамоаси эртадан йиғинга киришади  10 21:34Бундеслига. "Бавария"да йирик ғалаба, "Байер" ғалабани қўлдан чиқарди  0 21:12Эртадан Ўзбекистон кубоги старт олади  1 21:00Клублар рейтинги. Мингталикдан Ўзбекистоннинг икки клуби ўрин олди, улар орасида "Пахтакор" йўқ  19 20:45"Ливерпуль" 10 мавсумлик антирекордини такрорлади  3 20:32Тожикистон терма жамоасига Суперлиганинг икки нафар футболчиси чақирилди  0

Bahodir Ahmedov: "Terma jamoaga munosib nomzodlar saralanmoqda" Yangiliklar

Bahodir Ahmedov: "Terma jamoaga munosib nomzodlar saralanmoqda"

Xabaringiz bor, 19 noyabrdan boshlab Samarqandda futzal bo'yicha oliy liganing 1-bosqich 2-tur uchrashuvlari start oldi.
Biz shu fursatdan foydalanib, futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov bilan suhbatlashdik.

- Bahodir aka, terma jamoamiz bosh murabbiyi sifatida bo'lib o'tayotgan milliy chempionat borasida qanday fikrdasiz?

- Avvalo barcha uchrashuvlarni kuzatib borayotganimni va bu orqali terma jamoaga eng munosiblar saralab olinayotganini aytib o'tishim kerak. Yildan yilga futzal bo'yicha O'zbekiston chempionati kuchayib bormoqda. Futzal ixlosmandlari va uchrashuvlarni tomosha qilayotgan tomoshabinlar buning guvohi bo'lmoqda. Yoshlarning ko'pligi meni xursand qilyapti va shularga ko'proq etibor beryapmiz. CHempionatning kuchayishi terma jamoaga katta madad bo'ladi. Bu borada yana shuni qo'shimcha qilib o'tishim kerak, bundan uch-to'rt yil oldin faqat "Ardus" va "Stroitel-Zarafshon" jamoalarini bilardik. Endi bo'lsa, bir nechta teng kuchli raqiblar bor. Hech bir o'yinda favoritni aniq ayta olmaslik ham raqobat kuchli ekanligidandir.

- Jamoalar o'rtasidagi raqobat o'z samarasini beryaptimi?
- Albatta, natijasini ko'ryapmiz. Mana yaqinda Osiyo chempionatiga saralash bahslarida ham ijobiy natijani qo'lga kiritdik. Hozirda barcha klublarni mahalliy murabbiylar boshqarmoqda va bu ham qaysidir manoda chempionatda murabbiylar saviyasi oshishiga olib keladi. Ispaniyadan kelgan murabbiylar ham futzal rivojida o'z hissalarini qo'shib ketdi. Ulardan mahalliy murabbiylarimiz va futzalchilarimiz ko'p narsani o'rgandi.

- Terma jamoa haqida ham to'xtalib o'tsangiz?
- Hozir mana shu bosqich orqali tayyorgarlik olib boryapmiz. Fevral oyidan boshlab xorijda yig'in tashkil etishni rejalashtirganmiz. Hozirda asosan yoshlarga etabor qaratyapmiz va shu orqali Osiyo chempionatiga tayyorlanib bormoqchimiz.

- Terma jamoamiz Osiyo chempionati saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tdi, lekin shunga qaramay Eron klubiga yirik mag'lubiyatga uchradi. Bu borada fikringiz qanday?
- Biz bunga jiddiy etabor qaratganimiz yo'q. Terma jamoaga nomzod yoshlarni sinovdan o'tkazib oldik. Natijadan bo'lmasa ham ko'rsatgan o'yindan xursand bo'ldim. Biz ularni katta bahslarga moslashtirib bormasak bo'lmaydi.

- Terma jamoa oldida qanday rejalar bor?
- Fevralda Ozarboyjonda o'quv-mashg'ulot yig'inini tashkil etmoqchimiz. Undan tashqari, Toshkentga Evropaning kuchli jamoalarini o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish uchun taklif etmoqchimiz. Ikkinchi yig'in esa Portugaliyada tashkillashtiriladi.

- Osiyo chempionatida terma jamoa oldiga qanday maqsad qo'yiladi?
- Biz sovrindor bo'lib qaytmoqchimiz.

Humoyun Davurov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика