So’nggi yangiliklar

21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  0 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  1 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  9 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  7 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  5 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  3 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2

Bahodir Ahmedov Osiyo chempionatidagi raqiblarimiz, Mendez bilan ehtimoliy to'qnashuv hamda tarkib haqida Yangiliklar

Bahodir Ahmedov Osiyo chempionatidagi raqiblarimiz, Mendez bilan ehtimoliy to'qnashuv hamda tarkib haqida

Futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2020ga qura tashlanganidan xabaringiz bor.

Unga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi Bahrayn, Xitoy va Indoneziya terma jamoalari bilan birga "C" guruhidan joy oldi. Qura va guruhdagi raqiblarimiz haqida terma jamoamiz bosh murabbiyi Bahodir Ahmedovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Guruhdagi raqiblarimiz haqida nima deya olasiz? Ular haqida etarlicha malumotlarga egamisiz?
- Raqiblar haqida etarlicha malumotga egamiz. Indoneziya bilan yaqindagina xalqaro turnir doirasida o'ynagab, 3:1 hisobida g'alaba qozongandik. Yaponiyalik murabbiy yaxshi jamoa shakllantira olgan. Ularga qarshi oson o'yin bo'lmaydi. Xitoy terma jamoasining tayyorgarligi yuqori darajada ketmoqda deya olaman. Hozir ham ular xorijda yig'in o'tkazishmoqda. Ularda ham o'sish bor. Bahraynni ham bo'sh jamoa demagan bo'lardim.

- Indoneziya va Xitoy haqida malumot topish muammo emas. Ammo, Bahrayn terma jamoasi biz uchun hozircha notanish.

- Bahrayn terma jamoasining o'yinlarini topib ko'rayapmiz. O'yinlarining videoyozuvlarini topish muammo emas. Lekin, raqib o'yinini videoda ko'rish boshqa, maydonda ko'rish boshqa. SHunga qaramay, bahraynliklarning kuchli va kuchsiz tomonlarini o'rganmoqdamiz.

- Guruhdan birinchi o'rin bilan chiqish imkoniyatlarimizni qanday baholaysiz?
- Yigitlarga ishonaman, nasib qilsa bor kuchimiz bilan harakat qilib guruhdan birinchi o'rin bilan chiqishga intilamiz.

- Agar guruhdan birinchi o'rin bilan chiqa olsak, chorak finalda katta ehtimol bilan Xose Mariya Pazos Mendez boshqaruvidagi Tailand bilan to'qnash kelamiz. Bu to'qnashuv haqida fikringiz?
- Mendez bilan oldin ham raqib sifatida to'qnash kelganman. "Ardus" ustozi bo'lgan paytimda Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida Mendez boshqargan "CHonburi Bluveyv"ga qarshi o'ynaganmiz. O'yin tengma-teng kurashlar ostida o'tgan va 2:2 hisobi qayd etilgan. Lekin, hozirdan chorak finalni emas, oldin o'sha chorak finalgacha etib olishni o'ylashimiz zarur.

- Quradan keyin janob Mendez bilan gaplashmadingizmi?
- Aynan quradan keyin hali gaplashganimizcha yo'q. Lekin, u bilan doimiy muloqotda bo'lib turamiz. Aloqalarimiz yaxshi. Hayotda do'stona munosabatlar saqlanib qolgani bilan maydonda baribir raqiblarga aylanamiz.



- Ayni paytda terma jamoaga nomzod o'yinchilar orasida jarohati borlar yo'qmi? Yig'inga chaqirmoqchi bo'lgan futzalchilardan ko'nglingiz to'qmi?
- Hozircha hamma o'yinchilardan ko'nglim to'q, jarohat olganlar yo'q. Biroq, so'nggi yig'in oldidan nima bo'lishini bilib bo'lmaydi. CHunki, hali ichki chempionat bellashuvlari yakunlangani yo'q. Kamiga, O'zbekiston kubogi ham bor dekabr oyi oxirida. Jarohatlardan hech kim kafolatlanmagan. Muhimi, hech kim jiddiy jarohat olib qolmasa bo'lgani.

- Osiyo chempionati saralash bahslarida qatnashgan o'yinchilar asosiy musobaqada ham terma jamoaning asosi bo'lishadimi?
- Yig'inga kamida 22-23 nafar futzalchini chaqiramiz. Qita chempionatiga 14 kishilik tarkib yuboriladi. Undan o'rin olish uchun har bir o'yinchida imkoniyat bo'ladi.

- Terma jamoada Rustam Umarovdan keyingi ikkinchi darvozabon bo'lish imkoniyati kimda yuqoriroq? "Paxtakor"da Akmal Xazratqulov hamda Ravshan Eliboev navbatma-navbat maydonga tushishmoqda. Ularning qay birida imkoniyat ko'proq?
- Turkmanistonda o'tadigan osiyo chempionatiga aynan qaysi darvozabon ketishini yanvar oyidagi mashg'ulotlar va o'rtoqlik o'yinlaridan so'ng belgilab olamiz. Jamoada hatto Rustam Umarovga ham joy kafolatlanmagan. Kim o'sha paytda kuchli bo'lsa, musobaqaga o'sha boradi.

- Yanvar oyida kimlar bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazamiz?
- Bugungi kunda ayni shu borada muzokaralar olib borilayapti. Ozarbayjon va Qozog'iston terma jamoalari bilan muzokaralar davom etyapti.


Tolibjon Qosimov suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика