So’nggi yangiliklar

22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  1 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  2 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  5 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  8 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  10 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  18 20:28"Металлург" 11 нафар футболчини рўйхатдан ўтказди, улардан 2 таси — легионер  5 20:10Россия кубоги. "Рубин" — "Акрон". Эсанов дебют қилади, Ашурматов ҳам асосийда  3 20:00Расмий хабар: "Насаф" Жанубий Судан терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузди  12 19:55Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон учрашувида ғолиб номи аниқланмади  164 19:44"Ювентус" янги мавсум сафар либосини намойиш этди  1 19:31"Зенит" ярим ҳимоячисини сотиб юбормоқчи  1 19:07Почеттино "Ньюкасл" бош мураббийига айланиши мумкин  2 18:38Миранчук "Аталанта"дан "Атланта Юнайтед"га ўтди  0 18:10"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Абдуллоҳ Абдураимов  0

Bahodir Ahmedov: Osiyo chempionatida asosan yosh futzalchilarni sinovdan o'tkazamiz Yangiliklar

Bahodir Ahmedov: Osiyo chempionatida asosan yosh futzalchilarni sinovdan o'tkazamiz

Bugun, 1 fevral kuni Xitoy Taypeyi mamlakatida futzal bo'yicha 15-bor o'tkazilayotgan Osiyo chempionatiga start beriladi.

Xabaringiz bor, qita chempionatida Bahodir Ahmedov ustozligidagi futzal terma jamoamiz “V” guruhida Janubiy Koreya, Yaponiya va Tojikiston termalariga qarshi to'p surishadi.

Mazkur musobaqada barcha terma jamoalarning asosiy maqsadi bir – chempionlik  yoki kamida sovrinlardan birining egasi bo'lish ekanligi sir emas. Lekin turnir oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanlarida ayrim terma jamoalar ustozlari turlicha fikrlar bildirganki, bu bilan sirlarini yashirishga uringanliklari sezilib qolgan. Aytaylik, guruhimizdagi Yaponiya termasi bosh murabbiyi Bruno Garsiya “Musobaqa oldidan bir hafta yig'in o'tkazdik, unda Argentina termasi bilan ikki bor o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdik va shuning o'zi tayyorgarligimiz ijobiy ekanligiga etarli bo'ldi”, deya javob bergan.Bu bilan tayyorgarlik jarayonini, davomiylik davrini oshkor etmagan.

Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi Li Sang Jin esa guruhda autsayder sifatida harakat qilishi bilan boshqalarni chalg'itmoqda. Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi Husayn SHodiev ham nufuzli musobaqaga bor-yo'g'i o'n kun qolganda tayyorlanishni boshlaganini, asosan 20 yoshli yoshlar termasi bilan tashrif buyurganini takidlab, asosiy sirlarini bayon etmagan.

Mamlakatimiz futzal termasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov ham qita musobaqasiga  yoshlar tarkibi bilan tashrif buyurayotganini, asosiy maqsad ham yoshlarni sinovdan o'tkazib, Osiyo chempionatida yuqori natijalarga erishish ekanligini aytgan.

Xo'sh, terma jamoamiz haqiqatdan ham Osiyo chempionatiga qanday tayyorgarlik ko'rdi? O'tkazilgan 14 ta chempionatning teng yarmida sovrinli o'rinlardan (4 marta kumush va 3 marta bronza medali) joy olgan futzalchilarimiz bu gal ham ananalariga sodiq qola olishadimi?

Bu haqda terma jamoamizning bosh murabbiy Bahodir Ahmedov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Aslida qita chempionatiga 2016 yili Kolumbiyada o'tgan Jahon chempionati ishtirokchilarini, tajribali professional futzalchilarni olib ketsak ham bo'lardi. Ammo biz kelajakni ko'zladik. 2020 yili bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga yo'llanma olishni maqsad qildik. Buning uchun tarkibni bugundan tayyorlashimiz, shakllantirishimiz lozim. Yana ikki yildan keyin 2016 yilda to'p surgan futzalchilarimizning aksariyatining yoshlari ulg'ayadi, jismoniy holati chegaralanadi.

Bugundan tajriba orttirib borgan yoshlarimiz esa ikki yildan keyin ayni kuchga to'lgan, futzalimiz ananalarini  davom ettirishga qodir  holga kelishadi. Qolaversa, bugungi yoshlarimizni ham tajribasiz deya olmayman, o'tgan yili Turkmaniston poytaxti Ashxobodda yopiq sport inshootlarida o'tadigan Osiyo o'yinlarida erishgan muvaffaqiyatlari ularning imkoniyatlari qanday ekanligini ko'rsatdi. SHogirdlarimning yosh bo'lishlariga qaramay, dadil harakatlaridan, shijoatlaridan, g'alabaga bo'lgan ishtiyoqlaridan xursand bo'ldim. To'g'ri, o'shanda ham ancha-muncha kamchiliklar bor edi, ammo buni xalqaro o'yinlar tajribasi kamligi bilan izohlab, shular ustida ishladik.

Aslida futzal bo'yicha terma jamoamizning qitada o'z obro'si, o'z o'rni bor. Kuchli to'rtlik qatorida tilga olinadigan termamiz faqatgina 2012 yilgi qita chempionatida ko'ngildagidek ishtirok eta olmagandi. O'shandan keyin qita miqyosidagi reytingimizni yuqori o'rinlarda saqlay oldik. Bu gal ham aynan shu reytingimizni saqlashni niyat qilganmiz. SHu maqsadda uzoq muddatli tayyorgarlik jarayonlarini o'tkazdik. Asosiy etiborni o'quv-mashg'ulot yig'inlariga qaratdik, yig'inlarni xorijlarda ham tashkil etdik.

Eng muhimi, yigitlarning o'zida chempionlik kayfiyati bor. Ayniqsa, kuni kecha Olimpiya termamizning Xitoyda o'tgan Osiyo chempionatida g'olib chiqib, katta voqelikka sabab bo'lganliklari, yurtda yuqori saviyada kutib olinganligi, Prezidentimiz tomonidan munosib taqdirlanganligi, hammadan ham xalqimizning olqishiga sazovor bo'lganliklari futzalchilarimiz ruhiyatini yanada ko'tarib yubordi. Ular ham shu kabi muvaffaqiyatlar qozonishni ahd qilishdi.

Buning ustiga Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti, O'zbekiston futbol Associaciyasining birinchi vice-prezidenti Umidjon Ahmadjonov futzalchilarimizga qarata “Sizlar ham chempion bo'linglar, sizlarni ham huddi shunday kutib olamiz, Olimpiyachilarimiz kabi rag'batlantiramiz”, deya taskin berishlari yigitlarimizning  kuchiga-kuch, g'ayratiga-g'ayrat qo'shdi.

Biz ham xalqimizning xursandchilik onlarini davom ettirishni, mutasaddilarimiz ishonchlarini oqlashni, ota-ona, Vatan oldidagi burchlarimizni ado etishni birinchi galdagi vazifamiz deb bilamiz", - deydi Bahodir Ahmedov.  

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика