So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  24 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  79 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  22 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

Bahodir Ahmedov: "Mendezning g'oyalarini davom ettirayapmiz" Yangiliklar

Bahodir Ahmedov: "Mendezning g'oyalarini davom ettirayapmiz"

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda yig'inni davom ettirmoqda.

Kecha terma jamoa yig'inidan suratlarni etiboringizga havola etgan edik. Bugun esa bosh murabbiy Bahodir Ahmedovning fikrlarini o'qishingiz mumkin.

- Nima uchun ushbu yig'inga asosan yoshlar chaqirildi?

- Asosiy o'yinchilarimizning ko'pchiligi AGMK bilan birga klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga (7-17 avgustda Tailand poytaxti Bangkokda o'tkaziladi) tayyorgarlik ko'rishmoqda. SHu sabab, ularga ruhsat berganmiz. Davom etayotgan chempionatimiz davomidagi kuzatuvlarimiz natijasida o'zini ko'rsatib kelayotgan yosh futzalchilarni yig'inga taklif qilib, ularga yordam berishga va shu orqali terma jamoa kelajagi uchun qisman bo'lsa-da poydevor qo'yishga harakat qilayapmiz. Bu yoshlar asosiy yigitlar qaytguncha o'yin sxemamizga moslashib olishadi.

- AGMK tarkibida bo'lmagan tajribali o'yinchilarimizchi? Masalan: Artur Yunusov, Farhod Abdumavlonov, Konstantin Sviridov...

- Ularning hammasi umumiy qaydnomamizda bor, Osiyo chempionati saralashigacha ular albatta chaqiriladi. SHunchaki, hozir yoshlarni tezroq tarbiyalashga va terma jamoa havosiga ko'niktirishga harakat qilayapmiz. Ayni paytda yig'inda bo'lgan yigitlar ichida hali tayyor bo'lib ulgurmaganlari ham bor. Lekin, yigitlar ko'rsatgan narsalarimizni tez ilg'ab olishmoqda va bu narsa bizni xursand qilmoqda.


- Terma jamoa ayni paytda qanday uslub asosida tayyorgarlik ko'rmoqda? Xose Mariya Mendez uslubi va yo'li davom ettirilmoqdami?

- Mendezning g'oyalarini davom ettirayapmiz. U bilan doim aloqada bo'lib turamiz, yaqindagina bizga yangicha mashq uslublari va sxemalarni berdi. Mendez istalgan masalada bizdan yordamini ayamaydi va muntazam aloqada bo'lib turadi.

- Futzal bo'yicha ichki chempionatimizning eski formatga qaytgani murabbiy sifatida sizga qay darajada qulaylik tug'dirmoqda?

- Eski formatga qaytilgani jamoalarga moliyaviy tomonlama yaxshi bo'ldik. CHunki, o'tgan mavsum oxirida jamoalar moddiy muammolar sabab safardagi o'yinlarga borolmagan vaziyatlar ham bo'lgandi. O'z navbatida, oldingi holatga qaytilgani murabbiy sifatida menga ham qulay. Sababi, kun davomida barcha o'yinlarni va futzalchilarni kuzatib o'tirish imkonim bor. Klublar ham raqiblari bahsini tomosha qilib, ularni o'rganib o'tirishlari mumkin. Bir so'z bilan aytganda, eski formatga qaytilgani yaxshi bo'ldi, bu hamma uchun qulay.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика