So’nggi yangiliklar

23:53УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" – "Аталанта" (матнли трансляция)  4 23:46"Ал Насср" Саудия Арабистони Суперкубоги финалига йўл олди. Роналду янги мавсумдаги илк голини урди  0 23:30Карло Анчелотти: "Ёзги таътилим расво бўлди"  1 23:10УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" – "Аталанта". Бошланғич таркиблар аниқ!  20 22:40ПСЖ деярли 60 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  1 22:08Анвар Бердиев: "Ютишимиз ҳам, ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  2 21:52Ҳаким Фузайлов: "Бугун икки очко йўқотдик"  1 21:30Сильванус Нимели расман янги клубга ўтди  0 21:10"Футбол олами". "Насаф" "Пахтакор"ни ОКМК "Навбаҳор"ни мағлуб этди — Суперлиганинг 15-тури ҳақида барчаси  1 20:59Про-лига. "Хоразм" - "Шўртан" учрашувида ғолиб аниқланмади  1 20:4235 ёшли хавбек "Барса"га ўтиши мумкин?!  6 20:10"Рома" Шомуродовнинг рақобатчисини бошқа клубга юбормоқда  7 19:55Про-лига. "Дўстлик" "Олимпик Mobiuz" устидан ғалаба қозонди  2 19:35"Ал Қодисия" навбатдаги юлдуз футболчи билан келишувга эришди  7 19:15Olamsport: Баҳодир Жалолов ўзидан кейинги чемпион номини айтди, яна бир ўзбек спортчиси UFC билан шартнома имзолади  0

Bahodir Ahmedov: "JCHda Braziliya va Ispaniya bilan bir guruhga tushmasak bo'lgani" Yangiliklar

Bahodir Ahmedov: "JCHda Braziliya va Ispaniya bilan bir guruhga tushmasak bo'lgani"

Kecha futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish maqsadida Toshkent - Bangkok - Nagoya yo'nalishi bo'ylab Yaponiyaga jo'nab ketdi.

20-25 aprel kunlari oralig'ida bo'lib o'tadigan ushbu yig'in poytaxtimizda o'tkazilgan Osiyo chempionatidan keyingi ilk xorij yig'ini hisoblanadi. Kunchiqar yurtda uchta terma jamoa ishtirokida mini turnir o'tkaziladi. Unda mezbonlardan tashqari O'zbekiston va Vetnam terma jamoalari ham ishtirok etishadi. Mazkur xalqaro musobaqa terma jamoamizga shu yili Kolumbiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga tayyorgarlikning dastlabki bosqich vazifasini o'tab beradi. Terma jamoamiz bosh murabbiyi Xose Mariya Mendez Yaponiyaga 14 nafar futzalchini olib ketdi. Safar oldidan “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli sport zalida uch kunlik yig'in tashkil etilgandi. Bu yig'inda jami 20 futzalchi qatnashgan va yakunda ispaniyalik mutaxassis ulardan 14 nafarini saralab oldi. Deyarli Osiyo chempionatida ishtirok etgan tarkib yakuniy ro'yxatdan joy oldi. Aytish joiz, jarohati sabab aynan qita chempionatida terma jamoamizga yordam bera olmagan SHuhrat Tojiboev ham Kunchiqar yurtga yo'l oldi. Tajribali futzalchi o'z vaqtida terma jamoa sardori bo'lgan, so'nggi ikki mavsumni Xitoy chempionatida legioner sifatida o'tkazgandi. Bosh murabbiy Tojiboevga yana bir bor imkoniyat berishni lozim topdi. Biz safar oldidan terma jamoa katta murabbiyi Bahodir Ahmedov va aynan Tojiboevdan intervyu oldik.  

- Bahodir aka, bugungi (suhbat 19 aprel kuni uyushtirilgan, - muallif) Toshkentdagi so'nggi kungi mashg'ulot biroz o'zga tarzda boshlandi. Yani mashg'ulotlarda kamdan-kam guvoh bo'ladigan o'ziga xos uslubdan foydalanildi. Suhbatimiz avvalida shu haqida malumot bersangiz.
- Bu erkin va engil mashq hisoblanib, odatda asosiy mashg'ulotga kirishish oldidan o'ynaladi. Futzalchilar ham oyoq, ham qo'lda o'ynashlari mumkin. Darvozani ishg'ol qilishda esa faqat oyoq zarbasidan foydalaniladi. Bunday mashg'ulot turi ham kerak. Futzalchilarga biroz erkinlik berish lozim. Faqat qolipga solib qo'yish ham to'g'ri emas.


- Yaponiya safari oldidan futzalchilarning holati qanday?
- Xabaringiz bor, kuni kecha mamlakat chempionatida yarim final bosqich uchrashuvlari o'tkazildi. Tabiiyki, unda “Ardus”, “Olmaliq” kabi etakchi, terma jamoada futzalchilari bor klublar ham ishtirok etishdi. Raqiblari bilan ikkitadan o'yin o'tkazishdi. SHu bois, biroz charchoq alomatlari ham yo'q emasdi. SHundan kelib chiqib, dastlabki kungi mashg'ulotimizda kuchli yuklamalarni bermadik.

- Jarohat olgan futzalchilar yo'qmi?
- Kichik jarohat olgan o'yinchilarimiz bor edi. Lekin terma jamoa shifokorlari ularni oyoqqa turg'azishdi. Yaponiyaga o'zimiz istagan futzalchilar bilan yo'l olyapmiz.

- SHuhrat Tojiboev uzoq muddatli tanaffusdan so'ng yana terma jamoa safiga qaytdi. Uning bugungi holati haqida nima deya olasiz?
- SHuhrat bilan o'z vaqtida birga o'ynaganmiz. Uning imkoniyatlarini juda yaxshi bilamiz. Osiyo chempionati oldidan olgan jarohati sabab terma jamoamizga yordam bera olmagandi. Hozir jarohatidan forig' bo'lgan. Bosh murabbiy unga imkoniyat berishni lozim topdi. Uning tajribasiga shak-shubha yo'q. Endi baribir terma jamoadan uzoq vaqt chetda bo'lish o'z tasirini o'tkazadi. SHuhratga biroz vaqt kerak. O'ylaymanki, u terma jamoamizga yordam bera oladi. Yana bir bor takrorlayman, Tojiboevning tajribasi boy.

- Yaponiyadagi turnirdan nimalarni kutyapsiz?
- Xabaringiz bor, Yaponiya terma jamoasi Toshkentda o'tgan qita chempionati oldidan g'oliblik uchun asosiy davogarlardan biri edi. Lekin kutilmaganda ular muvaffaqiyatsizlikka uchrashdi. Xatto Jahon chempionati yo'llanmasidan ham mahrum bo'lishdi. Menimcha, ular omadsizlikdan tegishli xulosalarni chiqarib olishgan bo'lishsa kerak. Endi bu biz uchun unchalik ham muhim emas. Bizning o'z reja va maqsadlarimiz bor. Har qanday holatda ham Yaponiya terma jamoasi qitada o'z nufuzi va o'rniga ega. Eronni mag'lub etgan ikkita terma jamoadan biri hisoblanadi. Yaponiya turniridagi yana bir raqib Vetnam terma jamoasi ham so'nggi yillarda yaxshigina o'sishga erishdi. Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi. O'ylaymanki, bu turnir biz uchun har tomonlama foydali bo'ladi.



- Yaponiya safaridan so'ng mundialgacha bo'lgan vaqt oralig'i uchun rejalar tuzib chiqildimi?
- Homaki rejalarimiz bor. Hozir biz 12 may kunini kutishimiz kerak. SHu kuni Kolumbiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga qura tashlanadi. Guruhimizga tushadigan raqiblarga qarab tayyorgarlik rejasini tuzib olamiz. Tabiiyki, bir nechta horij yig'inlari va ko'plab o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkaziladi. Ha, biz mundial yo'llanmasini qo'lga kiritdik va o'ziga xos tarix yaratdik. Lekin bu bilan to'xtab qolishni istamaymiz. Har bir futzalchimiz Jahon chempionatida ham o'zidan munosib iz qoldirishni maqsad qilgan. Kolumbiyaga shunchaki ishtirok etib qaytish uchun bormaymiz.

- Qura natijasida qaysi terma jamoalar bilan bir guruhga tushishni xohlamasdingiz?
- Bilasizmi, Jahon chempionatida kuchsiz jamoaning o'zi bo'lmaydi. Har bir qitaning kuchli va saralangan terma jamoalari Kolumbiyaga borishadi. Menga qolsa, Braziliya, Ispaniya kabi dunyoning kuchli terma jamoalari bilan bir guruhga tushmaslikni xohlardim. 


Kamoliddin Alimov

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика