So’nggi yangiliklar

17:39“CAFA U-17 Championship 2025” бошланмоқда  0 17:22ЦСКА, "Акрон" ва "Рубин" иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари маълум  1 16:50АПЛнинг якунланаётган мавсумдаги энг яхши ўйинчиси аниқланди  3 16:21"Футбол олами". Ўзбекистон кубоги 1/8 финал жуфтликлари маълум  1 15:45Ўзбекистон кубоги. 1/8 финал баҳсларининг саналари маълум  5 15:29"Насаф" қизиқарли кечган баҳсда ОКМКни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 15:04"Андижон" "Сурхон"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 14:37"Бавария" Вирцнинг трансфери барбод бўлгач, "Манчестер Юнайтед" юлдузини сотиб олмоқчи  8 14:05БАА - Ўзбекистон учрашувига чипталар қачон сотувга чиқади?  9 13:31Ансу Фати янги клубга ўтишга яқин  2 12:54"Реал" мухлислари учун хушхабар  11 12:25"Манчестер Юнайтед" "Милан" футболчисига қизиқмоқда  1 11:58Фабрицио Романо: Флориан Вирц "Ливерпуль" билан шартнома имзолади  5 11:25Де Брюйненинг эҳтимолий янги клуби маълум, у Италиядан  6 11:00Роналду ўрнини босадиган беш футболчи: янги авлод юлдузлари  34

Bahodir Ahmedov: "Futzalchilarning katta jismoniy yuklama bilan o'ynayotgani muammo emas" Yangiliklar

Bahodir Ahmedov: "Futzalchilarning katta jismoniy yuklama bilan o'ynayotgani muammo emas"

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida Tojikistonni 4:2 hisobida mag'lub etdi.

Uchrashuvdan so'ng terma jamoamiz bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov o'z fikrlarini.

"4:2 hisobida g'alaba qozongan bo'lsakda ko'nglim to'lmadi. Juda ko'p xatolarga yo'l qo'ydik. Jismoniy jihatdan tayyor emasligimiz ko'rinib qoldi. Yigitlarning charchoq holatida qanday harakat qilishini ko'rib olmoqchi edik. Qaerdadir yaxshi, qaerdadir yomon harakat qilishdi. Barchasini ko'rib chiqamiz. Xatolar ustida ishlaymiz. To'g'ri yutdik, ammo o'yindan qoniqmadim",- deydi Bahodir Ahmedov.

- Qirg'iziston bilan o'yinda bo'lgani kabi bugun ham o'yinchilar barqaror harakat qilmadi. 2:0dan so'ng o'yinni tashlab yuborishdi. Bu nima bilan bog'liq?
- O'rtoqlik uchrashuvlarida ko'proq jismoniy holatga va yuklamalarga etibor bermoqdamiz. Al batta yutishimiz kerak. Lekin o'yinchilarning jismoniy holatini ham yaxshi darajaga chiqarib olishimiz lozim. Jismoniy yuklama bilan harakat qilishyapti. Ko'rgan bo'lsangiz dastlabki sakkiz daqiqada yugurishdi, kecha jismoniy jihatdan yuklama ko'p berilgandi. Ikkinchi bo'limda ham shunday bo'ldi. Bu men uchun muammo emas. Havotirga o'rin yo'q. Qancha ko'p kuch yo'qotib o'ynasa aqli bilan harakat qilishni boshlaydi.

- Futzalchilar jismoniy jihatdan nechchi foiz tayyor deb o'ylaysiz?
- Bu hali boshlanishi. Eron va bu yig'indagi ikkita uchrashuv o'rtasida katta farq borligini o'zingiz ham ko'rgan bo'lsangiz kerak. Yuqori bosim va yuklama bilan o'ynagani sezildi.

- Terma jamoaning yaqin oradagi rejalari qanday?
- Dekabr oyida ham o'quv-mashg'ulot yig'inini olib boramiz. Bundan uzilish bo'lmaydi. Yig'in Toshkentda o'tadi. O'zbekiston futbol associaciyasiga katta minnatdorchilik bildirmoqchiman. Mashg'ulotlar o'tkazishimiz uchun barcha sharoitlarni yaratib berishmoqda. SHu orqali yuqori sport formasiga kirib boramiz. Hozirda raqiblar borasida ish olib borishmoqda. Pandemiya sabab ayrim mamlakatlar yopiq. SHu oyning oxirlariga raqib nomi aniq bo'ladi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика