Bahodir Ahmedov: "Bugungi o'yindan kelib chiqsak, yigitlardan ko'nglim to'q"
24 sen 2021 21:28
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/659927_original.jpg)
![](/upload/storage/659927_220.jpg)
Bahodir Ahmedov: "Bugungi o'yindan kelib chiqsak, yigitlardan ko'nglim to'q"
Futzal bo'yicha Jahon chempionati nimchorak finali doirasidagi O'zbekiston - Eron dramatik uchrashuvidan keyin (8:9) termamiz bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov fikrlarini bildirdi.
"Eron terma jamoasi juda kuchli. Dunyo bo'yicha 3-4-o'rinlarda yuradidan etakchi terma jamoalardan biri hisoblanadi. Orqa chiziqda qilgan xatolarimiz va o'z imkoniyatlarimizda foydalana olmaganimiz tufayli mag'lubiyatga uchradik", – Bahodir Ahmedov
- Umumiy turnir haqidagi xulosalaringiz qanday?
- Yigitlarimiz juda yaxshi o'yin ko'rsatishdi, lekin bundan ham yaxshiroq o'yin ko'rsata olishardi. Bugungi o'yindan kelib chiqsak, yigitlardan ko'nglim to'q. Xudo xohlasa keyinchalik ham yaxshi o'yin ko'rsatib, saviyamizni oshirishga intilamiz.
- Jamoamiz yosh. Keyingi musobaqalarda yaxshi natija kutsak bo'ladimi?
- Albatta, kutsak bo'ladi. O'z ustimizda ishlashimiz lozim. Jamoamiz juda yaxshi shakllangan.
O’xshash yangiliklar
22:50
Parij-2024. O'zbekiston - Ispaniya 1:2, SHomurodov tarixiy gol urdi, Nematov penaltini qaytardi 1
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar