So’nggi yangiliklar

00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  0 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  0 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  1 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  7 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  3 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  16 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  2

Bahodir Ahmedov: "Bugungi avlodimiz bilan kelajakka umid va ishonch bilan qarashimiz mumkin" Yangiliklar

Bahodir Ahmedov: "Bugungi avlodimiz bilan kelajakka umid va ishonch bilan qarashimiz mumkin"

Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bugun tunda yurtimizga qaytib keldi.

Mundial davomida muxlislar mehrini qozona olgan vakillarimiz garchi nimchorak finaldan so'ng ortga qaytishgan bo'lsada, ular ko'rsatgan o'yin barchamizda iliq taassurot qoldirdi. Futzalchilarni o'yinlarga tayyorlashda murabbiylar shtabining xizmati katta bo'ldi, desak mubolag'a bo'lmaydi. 2016 yil Kolumbiyadagi Jahon chempionatida yordamchi murabbiy sifatida qatnashgan Bahodir Ahmedov Litvadagi musobaqada bosh murabbiy sifatida shogirdlarini boshlab tushdi. Bu haqida murabbiyning fikrlari quyidagicha bo'ldi.

"Yordamchi sifatida menga osonroq bo'lgandi, deya olaman. Bunda siz bosh murabbiy bilan maslahatlashgan holda ish qilasiz. Bosh murabbiy rolida terma jamoada ishlash katta masuliyat va o'ziga yarasha qiyin. Buni Litvadagi Jahon chempionatida ham bildim. Ochig'i so'z bilan tariflash qiyin. Ayni paytda hissiyotlar ajoyib. SHunday bo'lsada muxlislardan so'nggi o'yindagi mag'lubiyat uchun uzur so'rayman. O'zimizning xatolarimiz evaziga imkoniyatni boy berdik. Bizning terma jamoa xalqaro turnirlarda o'ynay olishini ko'rsatdi. 

Bugungi avlodimiz bilan kelajakka umid va ishonch bilan qarashimiz mumkin. Juda yaxshi yosh futzalchilar etishib chiqmoqda. Keyingi yig'inlarda ularni ham jalb qilamiz",- deydi Bahodir Ahmedov.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика