So’nggi yangiliklar

15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  0 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  2 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  2 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  14 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  5 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  3 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  8 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6

Babayanning MTJdagi statistikasi Yangiliklar

Babayanning MTJdagi statistikasi

Samvel Babayan qo'l ostida O'zbekiston terma jamoasi jami 24 uchrashuv o'tkazdi.


Babayan 17 bor rasmiy o'yinda va 7 marotaba o'rtoqlik uchrashuvlarida jamoani boshqarib tushdi.
Samvel Babayan O'zbekiston terma jamoasi bilan rasmiy uchrashuvlarda 11 bor g'alabaga erishgan, 1 marotaba durang va 5 marta mag'lubiyatga uchradi.


O'rtoqlik o'yinlarida 5 bor g'alaba, 1 durang va 1 mag'lubiyat qayd etilgan.
Babayan jami 24 uchrashuvdan 16 g'alaba, 2 durang va 6 marta mag'lubiyat alamini tatib ko'rgan.
To'plar nisbati: 35-15.

O'FF Samvel Babayanni istefoga chiqarish to'g'risida bayonot berdi

Babayan boshchiligida terma jamoamiz ushbu JCH saralash bosqichida o'tgan safargi natijadan ham past ko'rsatkich qayd etdi.
Bu gal guruhda 6ta jamoa ishtirok etdi va jami 10 o'yin o'tkazildi. JCH-2014 saralash bosqichida 8 o'yinda 14 ochko ishlagandik. Babayan esa 10 uchrashuvdan 4tasida g'alaba qozondi, 1 durang va 5 mag'lubiyat qayd etgan holda 13 ochko jamg'arildi.
Bu safar nafaqat kam ochko jamg'arildi, balki juda kam gol urildi va 3-o'rin ham boy berildi. Yani jamoa pley-off yo'llanmasiga ham ilinmadi.
O'tgan safargi mundial saralashida to'plar nisbatiga ko'ra JCHdan quruq qolgandik. Yani omad bizdan yuz o'girgandi. Babayan bilan esa to'plar nisbatiga ko'ra pley-offdan ayrildik. Bu safar omad doim biz bilan birgalikda yurdi, ammo biz o'zimiz omaddan yuz o'girdik. Og'zimizdagi oshni oldirib qo'ydik. Birgina gol urib JCHga to'g'ridan-to'g'ri chiqish imkoniyatini shundoqqina qo'ldan boy berdik. Eplolmadik.


Samvel Babayanning MTJdagi statistikasi:

Rasmiy o'yinlar (17 o'yin, 11 g'alaba, 1 durang va 5 mag'lubiyat)

2015 yil 3 sentyabr
O'zbekiston - Yaman 1:0
Gol
: Geynrix

2015 yil 8 sentyabr
Filippin - O'zbekiston 1:5
Gollar
: Odil Ahmedov, Sardor Rashidov 2ta, Igor Sergeev 2ta

2015 yil 8 oktyabr
Bahrayn - O'zbekiston 0:4
Gollar
: Igor Sergeev, Odil Ahmedov, Sardor Rashidov, Eldor SHomurodov

2015 yil 12 noyabr
O'zbekiston - KXDR 3:1
Gollar
: Igor Sergeev, Aleksandr Geynrix, Odil Ahmedov

2015 yil 17 noyabr
Yaman - O'zbekiston 1:3
Gollar
: Azizbek Haydarov, Server Jeparov, Stanislav Andreev

2016 yil 24 mart
O'zbekiston - Filippin 1:0
Gol
: Anzur Ismoilov

2016 yil 29 mart
O'zbekiston - Bahrayn 1:0
Gol
: Sardor Rashidov

2016 yil 1 sentyabr
O'zbekiston - Suriya 1:0
Gol
: Aleksandr Geynrix

2016 yil 6 sentyabr
Qatar - O'zbekiston 0:1
Gollar
: Krimec

2016 yil 6 oktyabr
O'zbekiston - Eron 0:1

2016 yil 11 oktyabr
O'zbekiston - Xitoy 2:0
Gollar
: Marat Bikmaev, Otabek SHukurov

2016 yil 15 noyabr
Janubiy Koreya - O'zbekiston 2:1
Gol
: Marat Bikmaev

2017 yil 23 mart
Suriya - O'zbekiston 1:0

2017 yil 28 mart
O'zbekiston - Qatar 1:0
Gol
: Odil Ahmedov

2017 yil 12 iyun
Eron - O'zbekiston 2:0


2017 yil 31 avgust
Xitoy - O'zbekiston 1:0

2017 yil 5 sentyabr
O'zbekiston - Janubiy Koreya 0:0


O'rtoqlik o'yinlari (7 o'yin, 5 g'alaba, 1 durang va 1 mag'lubiyat)

2016 yil 14 fevral
O'zbekiston - Livan 2:0
Gollar
: Eldor SHomurodov, Server Jeparov

2016 yil 7 iyun
Kanada - O'zbekiston 2:1
Gol
: Eldor SHomurodov

2016 yil 24 iyul
O'zbekiston - Iroq 2:1
Gollar
: Bikmaev, SHomurodov

2016 yil 24 avgust
O'zbekiston - Burkina-Faso 1:0
Gol
: Egor Krimec

2016 yil 10 noyabr
O'zbekiston - Iordaniya 1:0
Gol
: Igor Sergeev

2017 yil 23 yanvar
O'zbekiston - Gruziya 2:2
Gollar
: Eldor SHomurodov 2ta

2017 yil 6 iyun
O'zbekiston - Tailand 2:0
Gollar
: Temurxo'ja Abduxoliqov, Sardor Rashidov



Kimlar gol urdi?
Babayan boshqargan davrda terma jamoaning eng yaxshi to'purari Eldor SHomurodov bo'ldi. SHomurodov asosan gollarini o'rtoqlik o'yinlarida kiritdi. "Rostov"ga o'tgan SHomurodov Babayan boshqargan davrda terma jamoa safida raqiblar darvozasini 6 marotaba ishg'ol qildi.
Ikkinchi o'rinda Igor Sergeev va Sardor Rashidov turibdi. Bu ikki futbolchi bir xil ravishda 5tadan gol muallifiga aylanishdi. Keyingi o'rinda Odil Ahmedov turibdi. Ahmedov hisobida 4ta gol mavjud. Aleksandr Geynrix va Marat Bikmaev esa 3tadan gol urishgan. Egor Krimec hamda Server Jeparov 2 marotabadan gol urishga muvaffaq bo'lishgan.
Otabek SHukurov, Anzur Ismoilov, Temurxo'ja Abduxoliqov, Aziz Haydarov va Stanislav Andreev esa 1tadan gol kiritishgan.


Reyting: -95   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика