So’nggi yangiliklar

21:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 - Япония U-23 0:1  13 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  2 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  2 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  9 18:13АПЛ топ-клублари "Ал Ҳилол" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  2 17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  3 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  4 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  4 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  21 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  9 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  6 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1

Babayan uyidagi basseynda "Paxtakor" logotipi o'rniga Beg'amovning rasmini qo'ymoqchi - matbuot anjumanidagi eng qiziqarli jarayon Yangiliklar

Babayan uyidagi basseynda "Paxtakor" logotipi o'rniga Beg'amovning rasmini qo'ymoqchi - matbuot anjumanidagi eng qiziqarli jarayon

"Lokomotiv" bosh murabbiyi etib tayinlangan Samvel Babayan ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.

Unda Samvel Babayanning kirish so'zlari, uzoq tanaffusdan keyingi bazi haqiqatlari va hokazo haqida so'z bordi.

Matbuot anjumanida saytimiz xodimlari qator savollar berildi. Xususan kecha saytimizda elon qilingan "Babayangi qanday savol berardingiz" degan xabardagi muxlislar yo'llagan savollar alohida o'qildi.

Jiddiy, muhim va dolzarb savollardan so'ng saytimiz xodimi SHahboz Beg'amov Babayanga qiziqarli savol bilan murojaat qildi.

SHahboz Beg'amov: - Hazilomuz savol. Balki rostdir, balki yo'q, bilmadim. Ammo eshitishimizga qaraganda, uyingizdagi basseynda "Paxtakor" logotipi tushirilgan ekan. Hozir ham o'sha logotip o'rnidami yoki uni "Lokomotiv" ramziga o'zgartirdingizmi?

Samvel Babayan: - Zo'r g'oya berdingiz (kuladi). Endi basseynga sizning rasmingizni qo'yaman. Hazilomuz savolga javobim shunday. Umid qilamanki, xafa bo'lmaysiz. Umuman jurnalistlar orasida men uchun SHahboz Beg'amov eng hurmatga sazovor. Rostan. Professional sifatida o'syapsiz. Bugungi ko'p savollaringiz juda o'rinli va yaxshi. Beg'amov bugun bergan ko'plab savollaringizni anchadan buyon men o'zimga bermoqchi bo'lib yurgandim. Barakalla, gap yo'q.

Faqat bir iltimos va tavsiya. Haqiqat o'zgarmaydigan narsa. Qachonki haqiqatni yozayotganda ichki hissiyotlarni jilovlagan holda uni ommaga taqdim etish lozim. Inson o'z istagi yoki tavsiyalarini kasbi orqali ommaga taqdim etmasligi lozim. Jurnalistlik kasbi juda obro'li. Bunda haqiqatgo'y bo'lish kerak.  Masalan terma jamoadagi faoliyat davomida bazi futbolchilar bo'yicha tavsiyalaringiz bu sizning qarashingiz. Bilaman, bu borada sizning o'z qarashlaringiz mavjud. Umuman, jurnalistlar, muxlislar ko'p narsalar haqida atroflicha tasavvurlari bo'lmaydi. Masalan futbolchilar tanlovi bo'yicha. Kimdir maydonga tushmasligi yoki tushishi ko'plab jihatlar bilan bog'liq bo'ladi. Masalan jarohat, ruhiy tayyorgarligi, murabbiy falsafasini qay darajada tushunishligi va hokazo. 

Kimni tanlash kerakligi haqida murabbiyga tashqaridan tavsiya berilishi noto'g'ri. Jurnalistlar tarafidan ham bu noprofessionallik, deb o'ylayman. Futbolchilar tanlovi murabbiy vakolatidagi ish.

SHahboz Beg'amov: Gapingizni tushundim, ammo terma jamoadagi faoliyatingiz davomida tarkibda kerakli miqdorda rotaciyalar amalga oshmagani uchun tanqid qilganman. Tarkibni tanlash murabbiy vakolatidagi ish, tushunaman. Lekin istalgan terma jamoada tarkib borasida matbuotda bahs va munozara, savollar yoki muhokama bo'ladi. Bu tabiiy jarayon. Jahon chempioni Yoaxim Lyovning ham tanlovi doim muhokamada bo'ladi.

Samvel Babayan: Biz Germaniya yoki Eron kabi rotaciyalarni amalga oshira olmaymiz. Bizda iqtidorlar ko'p, lekin tanlov u qadar ko'p emas. Bizdagi iqtidor yoki istedod egalarining barchasi ham Germaniya yoki Eronda bo'lgani kabi top darajaga chiqavermaydi.


Samvel Babayan - Diskvalifikaciya, ayblovlar, tankasi, muxlislardan uzr, Lobanov va boshqalar haqida 

Reyting: -199   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика