So’nggi yangiliklar

11:55"Атлетико" Хави билан келишиб олди  1 11:29"Киммих кўп йиллар давомида "Бавария" учун муҳим ўйинчи бўлиб келган"  1 11:01Кьеза "Ювентус"дан кетаётгани тасдиқланди  1 10:22Аббосбек Файзуллаев Олимпиададаги шароитлардан кўнгли тўлмаганини айтди  14 09:55Конор Галлахер «Атлетико» футболчиси - Фабрицио Романо  1 09:24Ламин Ямаль ўзига тегишли бўлган сертификатларни олди  1 08:56Фаолиятини якунлаган Кроос Германияда «Йил футболчи»си бўлди  3 08:28ЦСКА устози Аббосбек Файзуллаевнинг кечаги ўйинига баҳо берди  5 08:05Бугун Париж Олимпиадасида фақатгина бир нафар спортчимиз иштирок этади  2 07:32Флик «Реал»ни ўртоқлик учрашувида мағлуб этганидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  2 01:40АПЛ клуби "Ман Сити" хавбеки Филлипс билан шартнома имзолашга яқин  2 01:03"Реал" футболчиси клубдан кетиш ҳақида ўйламоқда  3 00:32Костич "Ювентус"дан кетадими?  1 00:05"Атлетико" Галлахер қарор қабул қила олмаётгани сабаб "Валенсия" билан Герранинг 25 млн евролик трансферини келишиб қўйди  1 23:25Суперлига. "Металлург" - "Локомотив" 1:1, Ҳошимов "Металлург"даги биринчи расмий ўйинида қизил карточка олди  9

Babayan hozirgi tarkibni bejizga eng kuchlisi deb hisoblamaganligini isbotlaydigan palla Yangiliklar

Babayan hozirgi tarkibni bejizga eng kuchlisi deb hisoblamaganligini isbotlaydigan palla

O'zbekiston terma jamoasi ayni paytda Manamada bo'lib turibdi va ertaga vakillarimiz Bahraynga qarshi muhim bahsda maydonga tushishadi.


Terma jamoamiz 1 oktyabr kuni Toshkentda Bahrayn bilan bo'ladigan o'yinga taraddud ko'rishni boshlab yuborgandi. Deyarli bir hafta davom etgan tayyorgarlikdan so'ng mana muhim bahsga ham etib keldik. Yig'inga birinchilardan bo'lib mahalliy futbolchilarimiz va legionerlardan Server Jeparov, Anzur Ismoilov va Aziz Haydarov etib kelishdi. Sardor Rashidov esa biroz kechroq tarkibga qo'shilgan bo'lsa, Odil Ahmedov, Sanjar Tursunov kabi legionerlarimiz Manamaga uchib ketish arafasida safni to'ldirishdi. Tabiiyki ular Toshkentda o'tkazilgan mashg'ulotlarda ishtirok eta olishmadi. CHunki yakshanba kuni ular o'z klublari bilan chempionat o'yinlarida ishtirok etishdi. Butun evropa va osiyoning ko'plab jamoalari evropada to'p tepadigan futbolchilarini kech qabul qilishadi. Bu normal holat. Tayyorgarlikdan reja asosida va ko'tarinki ruhda o'tganini futbolchilar o'z intervyularida takidlab o'tishdi.

Hozir muxlislarni qiziqtirayotgan jihat bu albatta tarkibdagi futbolchilarning holati.

Bazi muxlislar nega bu safar terma jamoaga oid xabarlar kam, qani malumotlar deb yozishganiga ko'p bora guvohi bo'ldim.

SHu bois, kuzatgan mashg'ulotlardan to'plagan malumotlarim va bazi o'zgarishlar haqida to'xtalmoqchiman.

"Futbol Ekspress" gazetasida chiqqan xabarga ko'ra, "dvux storonka"da o'tgan safargidek "ko'klar" va "sariqlar" o'zaro kuch sinashishgan.

Uchrashuv 2:1 hisobida asosiy tarkib futbolchilari harakat qilgan "ko'klar" foydasiga hal bo'lgan. O'tgan safargi yig'inda bo'lib o'tgan "dvux storonka"da ham "ko'klar" va "sariqlar" jamoasi bellashishgan va u erda Yaman va Filippinga qarshi o'yinda zaxirada qolgan futbolchilar harakat qilgan "sariqlar" (2:0) jamoasining qo'li baland kelgandi.

Bu galgi yig'inda jamoamizning asosiy futbolchisi Vitaliy Denisov jarohati sabab ishtirok etolmadi va Bahraynga qarshi bahsni ham o'tkazib yuborishga majbur. Mana bu muammo ham hozirda barchamizni o'ylantirmoqda. CHap qanot himoyamizda endi muammolar kelib chiqishi mumkinligi ko'pchilikni xavotirga solayotgani aniq.

Mashg'ulotlar vaqtida Babayan Stanislav Andreevni chap qanot himoyasida harakatlantirdi. Demak Vitaliy Denisovning o'rni katta ehtimol bilan Stas orqali to'ldiriladi. Darvozabon kim bo'ladi? Samvel Babayanning fikricha, O'zbekistonda ayni vaqtdagi birinchi raqamli darvozabon Aleksandr Lobanov yana postni egallaydimi? Yoki Filippin va chempionat doirasidagi "Metallurg", "Neftchi"ga qarshi o'yinlarda o'zini ishonchsiz tutgan Lobanov bu safar zaxiraga qoldiriladimi?

O'tgan safargi "dvux storonka"ni to'liq o'tkazgan Lobanov yakunda Yaman va Filippinga qarshi o'yinlarda boshlang'ich tarkibga kiritilgandi. Bu safar Ignatiy Nesterov bir taymni "sariqlar" va ikkinchi bo'limni "ko'klar" jamoasida o'tkazdi. Balki Nesterov Bahrayn bilan o'yinda darvozamizni qo'riqlar? Katta ehtimol bilan shu ikki posbondan bittasiga ishonch bildiriladi. Samvel Babayan ham ayni paytda shu hakda bosh qotirayotgan bo'lishi mumkin. Menimcha, bu safar ham Babayan Lobanovning xizmatidan foydalanadi. Bejizga uni birinchi raqamli darvozabon demagandir.

Eldor Suyunovchi dersiz, lekin Bahraynga qarshi o'yinda Suyunovning darvozani qo'riqlashi haqiqatdan yiroqroq. CHunki Samvel Babayan o'z intervyusida Lobanovga ishonishini va Sashani birinchi raqamli kiper ekanligini takidlagani yodimizda. Murabbiy har doim o'zi ishongan futbolchiga imkon berishi yangilik emas. Qo'shimchasiga, Eldor Suyunov har safar ham Lobanov va Nesterovdan keyingi "plan"da turibdi. Bu galgi "dvux storonka"da ham Eldor Suyunov ikkinchi taymda "sariqlar", yani zaxira futbolchilaridan iborat jamoa darvozasini qo'riqladi. Demak Suyunov hozircha uchinchi darvozabon rolida.

Himoya chizig'i haqida. Aytib o'tganimizdek, Denisovning o'rni Stanislav Andreev bilan to'ldirishi kutilmoqda. Himoya markazida esa Anzur Ismoilov va Egor Krimec. O'ng qanotda himoyasida Islom To'xtaxo'jaev harakat qiladi. CHunki Babayan Islomni shu poziciyada o'ynatmoqda va uni bu erda ko'nikma xosil qilishini istamoqda. SHuhrat Muhammadievning tarkibda paydo bo'lishi uni asosiy tarkibda tushishini bildirmaydi. Birinchidan Babayan undan himoyachi sifatida foydalanmoqchi emasligi ruy-rost aytib o'tgandi. Muhammadiev mashg'ulotlar paytida chap qanot himoyachisiga rezerv sifatida harakatlangani ko'zimiz tushdi. O'ng qanotda esa Davron Hoshimov vaziyat taqozo etsa Islom To'xtaxo'jaevni almashtirishi mumkin.

Yarim himoya chizig'ida ham yangilik ko'ramiz. Markazni odatdagidek o'sha uchlik - Aziz Haydarov, Odil Ahmedov va Server Jeparov egallashadi. Azizbek Haydarov tayanch zonasida harakatlansa, Odil Ahmedov erkin ijodkor sifatida o'ynashi mumkin. Server Jeparov esa hujumchi ortida o'ynaydi. Jeparovdan asosan ayyorona paslari orqali foydalanib ko'riladi. Igor Sergeevning to'p bilan taminlash Jeparovni zimmasiga tushishi aniq. Qanotlarda Sardor Rashidov va Marat Bikmaev katta ehtimol bilan boshlang'ich tarkibda tushishadi. Rashidov o'ng qanot orqali raqibga xavf solsa, Marat Bikmaevdan chap qanotda foydalanamiz.  CHunki chap qanotdagi asosiy futbolchimizga aylangan Andreev himoyaga ko'chiriladi. Jasur Hasanov esa asosiy tarkibda ko'rinish bermay qo'ydi. "Lokomotiv" vingeri ikkinchi bo'limda jamoamiz o'yiniga "ob-havo" olib kirishi mumkin bo'ladi. Hujumda esa Igor Sergeev o'ynashi hech kimga sir emas.

Bu sanab o'tgan futbolchilarimiz katta ehtimol bilan Bahraynga qarshi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushishadi.

Samvel Babayan tayyorgarlikning asosiy qismini jurnalistlardan yashirishiga qaramay, imkon qadar ko'rgan mashg'ulotlarda shularni payqay oldik.

Bahraynni hozirgacha hali birorta rasmiy o'yinda mag'lub etolmaganmiz. Bu safar ushbu yoqimsiz ananani buzamiz degan umiddamiz. Futbolchilar ham, xususan Egor Krimec Bahraynga qarshi o'yinga tayyorgarlik jarayoni alo darajada o'tgani va hali ushbu guruhdagi hech bir jamoaga qarshi bu kabi jiddiy hozirlik ko'rishmaganini aytib o'tdi. Yigitlar har safar kayfiyatimiz alo, barchasi risoladagidek ekanligini takidlashdi.

Bu Bahrayndan hozir biz har tarafama ustunmiz. Turnir jadvali deysizmi, FIFA reytingi deysizmi, tarkib deysizmi, hamma-hammasida bir ulardan kuchliroqmiz. Buni endi tilda emas, maydonda ko'rsatadigan payt keldi. Samvel Babayan hozirgi tarkibni bejizga eng kuchlisi deb hisoblamaganligini isbotlaydigan palla.

Ertaga bizni faqat va faqat g'alaba qanoatlantiradi. Ortga yo'l yo'q. Ertaga terma jamoamizga nafaqat omad, balki kuch va g'ayrat ham tilab qolamiz. Bu safar tarixni o'zgartirish kerak. Bahraynni rasmiy o'yinda mag'lub etishimiz zarur. Agarda maqsad JCH yo'llanmasi bo'ladigan bo'lsa, unda rostdan ham Bahrayn kabi jamoalarni rasmiy o'yinlarda mag'lub eta olishimiz zarur.

Qani olg'a, yigitlar!


SHahboz Beg'amov
Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика