So’nggi yangiliklar

21:48Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  5 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  0 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  9 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  2 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  5 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  6 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  7

Babayan Ekvatorial Gvineya hamda Kanadaga qarshi o'yinlar uchun tarkibni elon qildi Yangiliklar

Babayan Ekvatorial Gvineya hamda Kanadaga qarshi o'yinlar uchun tarkibni elon qildi

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvlari uchun chaqirilgan futbolchilar ro'yxatini elon qildi.

Milliy terma jamoa bosh murabbiyi 2 iyun kuni Ekvatorial Gvineya hamda 7 iyun kuni Kanada milliy terma jamoalariga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinlarda terma jamoa safida hali maydonga tushmagan bir qator yangi futbolchilarni sinovdan o'tkazishni maqsad qilgan.

Takidlash joiz, terma jamoa murabbiylar shtabi xorij chempionatlarida to'p surayotgan milliy terma jamoa futbolchilariga chempionat o'yinlari endi tugagani bois, kichik tatil berishga qaror qilgan. Unga ko'ra, Odil Ahmedov ("Krasnodar"), Vitaliy Denisov ("Lokomotiv"), Aziz Haydarov ("Ash SHabob") hamda Sardor Rashidov ("Al Jaish") milliy terma jamoaning navbatdagi o'yiniga chaqirilmadilar. Xitoyning "CHangchun Yatay" klubida to'p surayotgan Anzur Ismoilov esa, jaroxatidan qutulmagani bois, tarkibga qo'shilmagan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi 2 iyun kuni Toshkentda Ekvatorial Gvineya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazsa, 7 iyun kuni Avstriyadagi yig'in davomida Kanada milliy terma jamoasiga qarshi yana bir o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Ekvatorial Gvineya hamda Kanadaga qarshi o'yinlar uchun taklif etilgan futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar:
Aleksandr Lobanov ("Persepolis", Eron)
Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv)
Eldorbek Suyunov ("Nasaf")

Himoyachilar:
Aleksandr Merzlyakov ("Buxoro")
Egor Krimec ("Beyjing Goan", Xitoy)
Islom To'xtaxo'jaev ("Lokomotiv")
SHerzod Azamov ("Nasaf")
Davron Hoshimov ("Paxtakor")
SHuhrat Muhammadiev ("Nasaf")
Akrom Komilov ("Bunyodkor")

Yarim himoyachilar:
Otabek SHukurov ("Bunyodkor")
Javohir Sohibov ("Paxtakor")
Eldor SHomurodov ("Bunyodkor")
Sardor Mirzaev ("Lokomotiv")
Salamat Quttiboev ("Buxoro")
Marat Bikmaev ("Lokomotiv")
Server Jeparov ("Lokomotiv")
Jasur Hasanov ("Lokomotiv")
Doston Hamdamov ("Bunyodkor")
Sanjar SHoahmedov ("Lokomotiv")
Azim Ahmedov ("Paxtakor")

Hujumchilar:
Igor Sergeev ("Paxtakor")
Aleksandr Geynrix ("Ordabasi", Qozog'iston)

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика