So’nggi yangiliklar

01:58"Ман Сити" Макатини 20+ млн фунтга сотиши мумкин. "Ноттингем" билан келишув сўнгги босқичда  0 01:32"Эвертон" Грилишни ижарадан кейин 50 млн фунтга сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади  0 01:01"Ман Сити" Савионинг кетиши фонида Симонснинг агенти билан алоқада бўлиб турибди. "Челси" ҳам "Лейпциг" хавбеки бўйича музокаралар олиб бормоқда  1 00:49"Тракторсози" — Эрон Суперкубоги соҳиби! Ҳамробеков жамоаси соврин учун курашда Машариповсиз ўйнаган "Истиқлол"ни таслим этди  2 00:44Вадим Абрамов: "Футболни тўғри ўйнаш керак, шунда ҳаммаси жойига тушади"  10 00:34Камолиддин Тожиев: "Барча ўйинларда охиригача курашяпмиз"  6 00:31"Комо" ПСЖ футболчисига қизиқмоқда  0 23:54Виталий Левченко: "Олдинга ҳаракат қилишда давом этамиз"  6 23:15Рўзиқул Бердиев: "Афсуски, натижа биз кутгандек бўлмади"  15 23:05"Ливерпуль" "Брентфорд" етакчисига даъвогар  0 22:27"Атлетико" 22+4 млн евро эвазига италиялик футболчини харид қилди  0 22:02Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ўйинда "Динамо" ва "Пахтакор" муросага келди  76 21:40Эксперт фикри. Мурод Исмоилов: "Нефтчи" чемпионликка катта қадам ташлади, "Насаф" осонликча таслим бўлмаса керак"  12 21:08Про лига. Далер Тухсановнинг дубли "Олимпик-MobiUz"га "ФарДУ" устидан ғалабани тақдим этди  0 21:05Суперлига. "Насаф" мавсумдаги илк мағлубиятини Фарғонада қабул қилиб олди  191

Babayan: "Bugun barcha jabhada raqibdan ustun edik" Yangiliklar

Babayan: "Bugun barcha jabhada raqibdan ustun edik"

Coca Cola Superligasi 19-turi doirasidagi "Navbahor" – "Qizilqum" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida

Birinchi navbatda muxlislarimizni tabriklayman. CHempionatda ketma-ket uchta durangdan keyin nihoyat kuchli jamoa ustidan g'alaba qozondik. "Qizilqum" safida kuchli ijrochilar yig'ilgan. Bu jamoa bilan uchinchi marta to'qnash keldik va uchalasida ham g'alaba qozondik. SHu bois yigitlarni tabriklayman. Bunday o'yinlarda birinchi o'ringa jamoaviy o'yin chiqadi. Futbolchilarimiz muxlislarga bayram qilib berishmoqchi edi va buni uddalashdi. Hujumchilarimiz o'yinni ancha vaqtli bizning foydamizga yakunlashlari kerak edi. Bugun barcha jabhada raqibdan ustun edik. Endi oldinga intilishda davom etamiz, 7 ta o'yin biz uchun 7 ta finalga teng bo'ladi. Har bir bahsda sifatli o'yin namoyish etishga harakat qilamiz. 

Mirlan Murzoev bugun ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi. Ammo bir taym ham imkon bermadingiz. Asablaringiz dosh bermadimi? 

- Jamoamizdagi barcha futbolchilar maydonga tushishi mumkin. Mirlanga bugun imkon berdik. Biroz o'xshamadi va kichik jarohat ham xalal berdi. Murzoevni Marushichga raqobatchi sifatida jamoaga olib kelganmiz. Raqobat bo'lmasa, rivojlanish bo'lmaydi. "Qizilqum" tarkibiga nazar solsangiz, terma jamoa sobiq yoki hozirgi kundagi azolarini uchratasiz. Kuchli jamoani bir yilda uch marta yutdik, barcha yigitlarimga "respekt"!

Asablarga kelsak, futbol shunday o'yin, unda doim asabiylashish bo'ladi. Agar asablar dosh bermasa, boshqa sport turlarini ko'rishni tavsiya qilaman. "Navbahor" uzoq yillardan keyin ilk bor musobaqa jadvalining yuqori qismida va kuchli jamoalarga raqobatdosh bo'lmoqda. 

- Bugun Asad Sobirjonov 5+ bahoga o'ynadi. Bu nima bilan bog'liq? 

- Asad ajoyib iqtidor egasi. Baxtimizga u bizga erkin agent sifatida kelgan, sobiq klubi uni shunday qo'yib yuborgandi. Sobirjonovni kichkinaligidan bilaman, u 22 yoshda va yaqin kelajakda terma jamoa murabbiylari etiboriga tushadi deb o'ylayman.

- Zoran Marushichga qanday baho berasiz? U Jizzaxda gol ura olmadi. 

- Marushich 7 ta gol bilan jamoa to'purari bo'lib turibdi. Agar barcha vaziyatlardan foydalana olganida, to'purarlar poygasida birinchi o'rinda bo'lishi kerak edi. Unga baho berishimni so'radingiz - sifatli hujumchi. SHunchaki hali qiladigan ishlarimiz ko'p. 

- Jizzaxda jamoa nega yuta olmagandi? 

- Oldingi uchta turning barchasida biz g'alabaga loyiq edik, afsuski, vaziyatlardan foydalana olmadik. Hech bir o'yinda yomon o'ynamadik.

- Jamoa futbolchilariga xorijdan takliflar yo'qmi? 

- Maqsadimiz — tarkibdagi barcha futbolchilarni saqlab qolish va keyingi yilda ham natija ko'rsatish. Transfer qilish emas.

Reyting: -144   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика