So’nggi yangiliklar

13:13Тезкор! Жота ЙТҲ оқибатида ҳалок бўлди  11 12:56"Қўқон-1912" "Пахтакор" футболчиси учун курашга қўшилди  1 12:32​"Ал Насср" Қаршига келади  7 12:08Эшитдик-да! Эрон клуби Рустам Ашурматовни сотиб олди  2 11:39Куртуа КЖЧ танқидчиларига жавоб қайтарди  4 11:16Ака-ука қарама-қаршилиги бўлмайди. Жоб Беллингем "Реал"га қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 10:50А Сериянинг энг яхши тўпурари Саудияга кўчиб ўтиши мумкин  1 10:23Ильгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида навбатдаги ўйинга тайинланди  1 10:16Сергей Чигодаев: "Турнирда кучли жамоалар иштирок этмоқда"  1 09:40“Хоразм“ “Пахтакор“ футболчисига қизиқмоқда  3 09:05“Ал Ҳилол“ “Манчестер Сити“ни мағлуб этгани учун футболчиларга қанча мукофот пули бергани маълум  5 08:33“Насаф“ Мозговойнинг ўрнига “Динамо“ етакчисини олиб келмоқчи  2 08:00Суперлига. Бугун 1-давранинг сўнгги тури старт олади  1 07:28Шомуродовнинг янги жамоаси деярли маълум. Музокаралар якуний босқичда  59 02:11Марко Станоевич: "Аламли мағлубият бўлди. Буни тезроқ унутиб, машғулотларга қайтишимиз керак"  4

Babayan borasidagi mish-mish, golni nishonlash uslubi - "Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov ishtirokidagi matbuot anjumani o'tkazildi Yangiliklar

Babayan borasidagi mish-mish, golni nishonlash uslubi - "Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov ishtirokidagi matbuot anjumani o'tkazildi

"Lokomotiv" - "Surxon" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida "temiryo'lchilar" ustozi Andrey Fyodorov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Barchani g'alaba bilan tabriklayman. Jamoaning bugungi o'yini va natijasidan mamnunman. Uzoq vaqt davomida murabbiylar shtabi ushbu sxemada ishlamagandi. Undan tashqari, Andrey Gennadevichning o'zi ham bu erda anchagina vaqt faoliyat olib borgan, jamoaning ichki muhiti borasida xabarga ega. O'yinning boshida biz raqibdan ko'ra hujumda kamroq o'ynadik, agressiv bo'lmadik. Ammo shunday bo'lsa ham, raqibga yaxshigina muammolar tug'dira oldik. Keyinchalik yaxshi o'yin ko'rsatdik. O'yin 6 ochkolik bo'ldi. Bugun g'alabaga erishganimiz juda ham yaxshi ish bo'ldi.

- Jamoa bosh murabbiyi o'zgarishi mumkinligi borasidagi mish-mishlar futbolchilarga qanday tasir o'tkazmoqda?
- Biz har doimgidek o'ynayapmiz. Bosh murabbiy o'zgarishi borasidagi savolga javobni o'zingiz berdingiz. Bu mish-mish. Jamoaning ichida bunday gaplar bo'layotganini sezmayapman. Durang o'ynagan o'yinlarimizda ham jamoa yaxshi o'yin ko'rsatdi. Bugun esa biz raqibdan ko'ra ko'proq gol kiritdik. Siz aytgan gaplar natijaga tasir qilmayapti. Bu erdagilarning barchasi professional. Biz har doimgidek ishlayapmiz. Agarda murabbiy noto'g'ri ishlayotgan bo'lganida futbolchilar noroziligini bildirgan bo'lardi. Ammo bizda barcha yuqori g'ayrat bilan ishlayapti.

- Savolni boshqacharoq beraman. Rahbariyat sizga ishonch bildiryaptimi?
- Ha, men buni sezyapman. Aytganimdek, bizda barcha professional.

- Golni nishonlash bunday bo'lganiga qanday izox berasiz?
- Bizga yaqin bir inson bor. Bugun uning tug'ilgan kuni. Bu unga bo'lgan sovg'a.

Islom To'xtaxo'jaev: - Hisob 5:1, bunga qarab ko'pchilik bahs biz uchun oson o'tgan deb o'ylaydi, ammo bunday emas. O'yin qiyin bo'ldi. Dastlabki ikki golni urib olganimiz uchun barchasi yaxshi kechdi.

Hamma jamoalarda murabbiylar o'zgarishi mumkin. Biz kabi yuqori maqsadlarga ega jamoalarda doimo bir mag'lubiyatdan keyin murabbiyni almashtirib yuborishlari hech gap emas. O'sha vaqtlarda OCHLda ham o'ynayotgandik, bir haftada ikkita o'yin o'tkazayotgandik. Endi esa bir haftada bir o'yin, tiklanib olish uchun vaqt bo'lmoqda. Babayan jamoani boshqarishi mumkinligi borasidagi mish-mishlar esa, balki bizning foydamizga ishlayotgandir...

Reyting: -60   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика