BAA terma jamoasi JCH saralash bosqichiga tayyorgarlikni boshladi
15 iyu 2019 13:19
Yangiliklar


BAA terma jamoasi JCH saralash bosqichiga tayyorgarlikni boshladi
BAA terma jamoasi Avstriyaning Zalcburg shahrida yig'inga kirishdi.
Terma jamoa ustozi Bert van Marviyk futbolchilarni dastlab Germaniyaning Myunxen shahrida yig'di, shundan so'ng jamoa azolari Avstriyaga yo'l olishdi. Zalcburgdagi o'quv-yig'in mashg'ulotlari 22 iyulga qadar davom etadi.
Terma jamoa tarkibida hozircha Omar Abdulrahmon bilan Ali Mabxut yo'q, murabbiy bu ikki futbolchini vaqtincha chaqirmaslikni lozim topdi. Umuman olganda yig'inda 24 nafar futbolchi ishtirok etyapti. Ular orasida BAA chempionatining "Eng yaxshi darvozaboni" Adel Ali Hosani bilan "Eng yaxshi futbolchisi" Xalfan Mubarak bor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar