BAA. “SHabab Al Ahli” gollarga boy bahsda autsayderlar qatoridagi jamoaga yutqazdi. G'aniev esa bir taym o'ynadi
03 okt 2022 09:35
Yangiliklar


BAA. “SHabab Al Ahli” gollarga boy bahsda autsayderlar qatoridagi jamoaga yutqazdi. G'aniev esa bir taym o'ynadi
BAA chempionati 4-turida “SHabab Al Ahli” mehmonda “Al Dafra”ga qarshi to'qnash kelib, 2:3 hisobida yutqazdi.
Bahsni asosiy tarkibda boshlagan Azizjon G'aniev 2-taymda startida zaxiraga olindi va uning o'rniga 19 yoshli malilik hujumchi CHeycna Dumbiya tushirildi.
Dubayliklar musobaqa jadvalida 6 ochko bilan 5-o'rinda bormoqda. 24 yoshli G'aniev BAA chempionati joriy mavsumidan o'rin olgan barcha 4 ta bahsda qatnashdi.
“Al Dafra” – “SHabab Al Ahli” 3:2 (1:0, 2:2)
“SHayh Hamdan bin Zayd” nomidagi stadion
Gollar: Ahmed Favzi 19, Volid Karui 57, Rayxi 59 – Omar Xarbin 64, Yaxyo Alhassaniy 89.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar