BAA - O'zbekiston. Stadionga kirish bepul
14 okt 2014 16:28
Yangiliklar
BAA - O'zbekiston. Stadionga kirish bepul
Bugun Abu Dabi shahridagi Muhammad Bin Zayd stadionida O'zbekiston va BAA terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Bahs mahalliy vaqt bilan 18:30da (Toshkentda 19:30) boshlanadi. O'zbekiston terma jamoasini qo'llab-quvvatlaydigan muxlislar uchun stadionning VIP sektorining o'ng tomonida 500 kishilik joy ajratilgan. O'yinga kirish bepul. Kirish stadionning ort tomonidan amalga oshiriladi.
Fikrlar