So’nggi yangiliklar

15:09Анчелоттидан "Реал" ҳам, Бразилия федерацияси ҳам норози   0 14:10Хави ёки тен Хаг Бундеслигада иш бошлаши мумкин  1 14:01Азизбек Ғаниев: "БАА Ўзбекистон билан ўйинга кичкина стадионни танлаганидан хайрон қолдим"  4 13:44Етакчи лигаларни бирлаштирган Жером Перлемутер июнда Тошкентга келади  1 13:34Ҳакам "Пахтакор" дарвозабонини майдондан четлатиб, тўғри қарор қилдими? Суперлиганинг 7-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  0 13:13Кунде уч марта кеч қолиб, захирада қолиб кетгани учун "Барселона" ходимларидан ёрдам сўради  6 12:57Анчелоттининг рад жавобидан сўнг Бразилия терма жамоаси мураббийлигига асосий номзод ўзгарди  0 12:27Суперлиганинг 8-турида ишлайиган ҳакамлар билан танишинг  1 10:50«Байер» Алонсонинг ўрнига Испаниядан бошқа мураббий топди  0 10:22Анчелоттининг навбатдаги жамоаси қайси бўлиши очиқланди  6 09:25«Барселона»га қарши учрашувда қизил карточка олган «Реал» футболчиларининг тақдири маълум  27 08:57Луис Энрике Лондондаги ғалаба ҳақида фикр билдирди  5 08:26Артета мағлубиятдан сўнг нималар деди?  13 08:05ЕЧЛ. ПСЖ биринчи ўйинда ғалаба қозонди, "Арсенал"нинг голи ҳисобга олинмади  5 07:58Анчелоттининг Бразилия билан келишуви барбод бўлиши мумкин, Нега?  7

BAA keyingi bosqichda, Bahrayn esa guruhda qolib ketdi Yangiliklar

BAA keyingi bosqichda, Bahrayn esa guruhda qolib ketdi

Avstraliyada o'tayotgan Osiyo Kubogi-2015 "C" guruhi 2-tur Bahrayn - BAA uchrashuvini shu erda kuzatishingiz mumkin.

Bahrayn - BAA   1:2

Gol: Ali Mabhut 1,Jeysi Jon 25, Husayn 73(avtogol).

Ogohlantirish: 11 Husayn, Ali 50.

Bosh hakam: Kristofer Bes (Avstraliya)

Yon hakamlar: Jahongir Saidov (O'zbekiston), CHun Kit CHou (Gonkong)

To'rtinchi hakam: Yudai Yamamoto (Yaponiya)

Bahrayn: Jaffar, Husayn, Duaij, Al Hayam, Umar, Jaafar, Dhiya, Ali, Aaish, Jon, Al Malud.

BAA: Nosir, Sanqur, Abbos, Al Kamoli, Ahmad, Ismoil, Amir Abdulrahmon, Umar Abdulrahmon, Muhammad Abdulrahmon, Ahmad Halil, Ali Mabhut.



BAA keyingi bosqichda, tabriklaymiz!

90+5. Uchrashuv yakunlandi.


90+3. Sariq kartochka. Favzi (Bahrayn)


90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.


87. O'zsharish. Ahmad Halil o'rniga - Al Fardan.


82. Umarning oshirib bergan to'pini Ali Mabhut golga aylantira olmadi.


80. Qatar - Eron uchrashuvi bo'lib o'tadigan stadion oldidagi vaziyat.


77. Jarima zarbasi faqat burchak to'pi bilan yakunlandi.


75. BAA terma jamoasi darvozasi oldida xavfli standart. Uzoqlik 23 metr atrofida.


Standartdan Bahrayn jarima maydonchasiga uzatib berilgan to'pni, Husayn o'z darvozasiga to'g'irlab qo'ydi.

73. GOOOOOLLLLLL!!!!!!!! Avtogolll! Husayn o'z darvozasiga gol urdi!


70. Uchrashuv tempi yuqori emas.


66. Bahraynda o'zgarish. Duayj o'rniga - Husayn Baba.


60. Umar Abdulrahmonning zarbasi biroz noaniq bo'ldi.


50. Sariq kartochka. Ali Muhammad Abdulrahmonga qarshi qo'pol o'ynadi.

Stadiondagi muxlisadardan selfi!


45. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


Eronlik muxlislar o'z terma jamoasiga muxlislik qilish uchun Sidneydagi stadionga kirib kelishyapti.


Statistika.


                                             Tanaffus


Birinchi bo'lim tugadi.


45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.


42. BAA terma jamoasida navbatdagi standart, ammo bu imkoniyat omadsiz yakun topdi.


40. Hozirgini "CA" vakillari Melburnga etib kelishganligi haqida saytimizda xabar qilindi.


37. Kanberrada ob-havo juda yaxshi. 28 daraja issiq, engil shaboda esib turibdi.


34. Maydonda barcha Abdulrahmonlar juda faol.


Asisstent vazifasida yana o'sha Umar.

32. Ali Mabhutning zarbasini raqib himoyachilari chiziq ustida qaytarib qoldi.

Ismi amerikaliklarnikiga o'xshash bu futbolchi, BAA terma jamoasi himoyasini qiynashni boshladi.


29. Yana Jon diqqatimiz markazida! Uning bosh bilan bergan zarbasini darvozabon qaytarib qoldi.


Burchak zarbasi golga aylandi. Jeysi Jon o'z hisobiga gol yozib qo'ydi.

25. GOOOOOOLLLLLLLL!!!!! JON bosh bilan gol urdi!!!


24. Muxlislar stadionning turli hil nuqtalaridan rasmlar yuborishda davom etyapti.


22. BAA terma jamoasi juda mazmunli o'yin ko'rsatyapti.


19. Muxlislardan sovg'a.



Jarima zarbasidagi darvozabonning harakati.



15. Ahmad Halilning chiroyli harkatlari gol uchun etarli bo'lmadi. Darvoza ustuni raqibning joniga oro kirdi.


14. Ahmad Halilning kuli zarbasi golga aylanmadi. Darvozabon to'pni ilib oldi.


13. Jarima zarbasi. Amirlik futbolchilar gol urish uchun qulay imkoniyatga ega bo'lishdi. Umardan yana ajoyib harakatlar kutib qolamiz.


11. Sariq kartochka. Husayn qarshi hujumga o'tayotgan Ahmad Halilni to'xtatib qoldi.



Gol uchrashuvning 14-soniyasida urildi.


5. Umar Abdulrahmon FIFA.UZda kaminaga ochkolar taqdim etishni boshladi.


1. Bahrayn himoyachilari xatoga yo'l qo'ydi va Umar Abdulrahmon chiroyli tarzda Ali Mabhutga to'p oshirib berdi. Hujumchi ham bu imkoniyatdan unumli foydalanib hisobni ochdi.


0. GOOOOOOLLLLLL!!!!!!!!!!!!! Osiyo Kubogi-2015dagi eng tez gol!!!! Ali Mabhut!


CHap tarafdan birinchi hakam - Jahongir Saidov.


Ikkala jamoaning madhiyalari yangrab bo'ldi.


- Birozdan so'ng boshlanadigan Bahrayn - BAA uchrashuvida hamyurtimiz Jahongir Saidov yon hakam sifatida ishlaydi.

- Bugun siz bilan Avstraliyada o'tayotgan Osiyo Kubogi-2015 "C" guruhi 2-tur uchrashuvlarini kuzatib boramiz.

- Assalomu alaykum hurmatli futbol muhlislari va saytimiz o'quvchilari.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика